Mikroqarz shartlari
- Mikroqarz miqdori 50 mln. so’mgacha
- Mikroqarz muddati 24 oygacha
- Kredit ajratish shakli Mijozning shaxsiy plastik kartasiga
- Yillik foiz stavkasi Yillik 48 %
- Ta'minoti Transport vositasi garovi yoki bankning kredit siyosatiga zid bo'lmagan boshqa turdagi ta'minot turlari
- Ariza berish joyi Bank ofislari
- So'ndirish davriyligi Asosiy qarz va hisoblangan foizlarni har oy so‘ndirish
Diqqat! Kredit foizi miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to’liq qiymati esa kreditni rasmiylashtirishga bog’liq qo’shimcha xarajatlar qo’shilganidan so'ng belgilangan miqdor va muddatlarda kreditning umumiy miqdorini ko'rsatadi.
Kredit to’liq qiymatini hisoblash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/
Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.
- Arizalarni ko'rib chiqish muddati - 5 kun; bank tomonidan talab qilingan hujjatlarning to'liq toplamini taqdim etilganda;
- Kreditni qaytarish vaqti: har oy, to'lash jadvalida ko'rsatilgan miqdorda;
- Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud;
- Jarima va penyalar: kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda, muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 baravarga oshadi;
- Kechiktirilgan foizlar uchun penya - kuniga 0,1%;
- Garov ta'minoti - kredit summasiga nisbatan kamida 125%.
Kredit bo'yicha ijobiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:
- Ijobiy kredit tarixi;
- Doimiy daromad manbasining mavjudligi;
- Kredit uchun zarur garov ta'minoti;
- Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxatining to'liqligi.
Kredit bo'yicha salbiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:
- Salbiy kredit tarixi;
- Doimiy daromad manbasining yo'qligi;
- Kredit uchun garov ta’minoti mavjud bo’lmaganligi;
- Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati to'liq emasligi.
- Mikroqarz olish uchun ariza;
- Mikroqarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki harbiy xizmatchilar; uchun harbiy guvohnoma)ning nusxasi (aslidan nusxa olinadi);
- Mijozning o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralishi mumkin;
- Mikroqarz ta'minotiga oid hujjatlar.
- Respublika hududida doimiy yashovchi va daromadga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
- Kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emasligi.
Kreditni rasmiylashtirish
Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: