mc.yandex.ruyandex

Mikroqarz

  • 36 oygachaKredit muddati
  • Qulay foiz stavkalari
  • 100 mln so'mkredit miqdori

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.03.2024


Mikroqarz

Har qanday maqsadlar uchun kredit


Mikroqarz shartlari

  • Mikroqarz miqdori BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 10 barobaridan – 100 mln so’mgacha
  • Foiz stavkasi va muddati

    Muddati

    Taʼminotsiz
    mikroqarzlar uchun

    Taʼminotli
    mikroqarzlar uchun

    Foiz stavkasi, yillik:

    12 oygacha

    32%

    27,99%

    24 oygacha

    36%

    30%

    36 oygacha

    40%

    32%


  • Kredit ajratish shakli Mijozning shaxsiy plastik kartasiga
  • Ta'minoti   - Amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan 30 mln so’mgacha bo’lgan mikroqarzni kafil va garovsiz rasmiylashtirish mumkin;

      - 50 mln soʻmgacha boʻlgan mikroqarzni doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bir nafar jismoniy shaxs kafilligi asosida rasmiylashtirish mumkin;

     - 50 mln soʻmdan 100 mln so’mgacha boʻlgan mikroqarzni boshqa ta’minot turlari garovi asosida rasmiylashtirish mumkin.
  • Ariza berish joyi Bank ofislari
  • So'ndirish davriyligi Asosiy qarz va hisoblangan foizlarni har oy so‘ndirish

Savollar va javoblar

Ha, albatta. Mikroqarz oluvchilari davlat yoki xususiy tashkilotlarning xodimlari bo'lishi mumkin.
Mikroqarzni rasmiylashtirish uchun bank ofisiga murojaat qilishingiz kerak.
Faqatgina shaxsni tasdiqlovchi hujjat so’raladi.
30 mln. so‘mgacha mikroqarz garov va kafilsiz rasmiylashtiriladi;

50 mln. so‘mgacha mikroqarz jismoniy shaxs kafilligi asosida rasmiylashtiriladi;

50 mln. dan 100 mln. so‘mgacha bo‘lgan mikroqarz garov va kafillik asosida rasmiylashtiriladi.
Ariza uch ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
Buning  bir necha usuli mavjud:
• Masofadan, Hamkor Mobile ilovasi yoki boshqa to‘lov ilovalari orqali.
• O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish terminallari orqali.
• Bank ofislarida, kartadan yoki naqd pulda.
Mavjud kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik bo'lmasa va qarz yuki o'rtacha oylik daromadining 50% dan oshmasa mumkin.

Diqqat! Kredit foizi miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to’liq qiymati esa kreditni rasmiylashtirishga bog’liq qo’shimcha xarajatlar qo’shilganidan so'ng belgilangan miqdor va muddatlarda kreditning umumiy miqdorini ko'rsatadi.


Kredit to’liq qiymatini hisoblash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/


Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

  • Arizalarni ko'rib chiqish muddati - 5 kun; bank tomonidan talab qilingan hujjatlarning to'liq to'plamini taqdim etilganda;
  • Kreditni qaytarish vaqti: har oy, to'lash jadvalida ko'rsatilgan miqdorda;
  • Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud;
  • Jarima va penyalar: kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda, muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 baravarga oshadi;
  • Kechiktirilgan foizlar uchun penya - kuniga 0,1%;
  • Garov ta'minoti - kredit summasiga nisbatan kamida 125%.

 

Kredit bo'yicha ijobiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:

  • Ijobiy kredit tarixi;
  • Doimiy daromad manbasining mavjudligi;
  • Kredit uchun zarur garov ta'minoti;
  • Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxatining to'liqligi.


Kredit bo'yicha salbiy qarorga ta'sir qiluvchi omillar:

  • Salbiy kredit tarixi;
  • Doimiy daromad manbasining yo'qligi;
  • Kredit uchun garov ta’minoti mavjud bo’lmaganligi;
  • Taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati to'liq emasligi.

  • Mikroqarz olish uchun ariza;
  • Mikroqarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki harbiy xizmatchilar; uchun harbiy guvohnoma)ning nusxasi (aslidan nusxa olinadi);
  • Mijozning o‘rtacha oylik daromadlarini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar so‘ralishi mumkin;
  • Mikroqarz ta'minotiga oid hujjatlar.

  • Respublika hududida doimiy yashovchi va daromadga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
  • Kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik mavjud emasligi.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

ДОПОЛНИТЕЛЬНЫЕ РАСХОДЫ

Сум
Сум
Сум
Сум
* Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:


Orqaga

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play