Jismoniy shaxslar uchun
/
Kreditlar
/
Xorijda ta’lim olish uchun kredit

Xorijda ta’lim olish uchun kredit

QS yoki Times Higher Education xalqaro reytinglarida TOP-300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda tahsil olish uchun

Taʼlim krediti
yiliga $ 20 000 gacha

Kredit miqdori

7 yil

Kredit muddati

19%

Foiz stavkasi

ta’lim olish va rivojlanish

Kredit maqsadi

Foydali taklif

Past foiz
Eng past foiz bilan eng yuqori foyda oling
Tezkor yechim
3 ish kuni ichida yechim
Qulay so‘ndirish
Kreditni Hamkor mobil ilovasida to‘lang
Ishonchli hamkor
Hamkorbank 30 yildan ortiq vaqt davomida orzular ushalishiga yordam berib kelmoqda

Kreditni hisoblash

Kredit miqdori
0
Jami oylik to‘lov
0
Yillik foiz stavkasi
Kreditning to‘liq qiymati
0
Sizga kerak bo‘ladi

Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin

1
Kredit olishga ariza bering

Arizani bank ofisida topshirish kerak

2
Kreditni bank tomonidan ma’qullanishini kuting

Arizani ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha

3
Kredit shartnomasini imzolang

Shuningdek, boshlang‘ich to‘lovni to‘lang

4
Bilim eshiklarini oching

Mablag‘lar OTT hisob-raqamiga o‘tkaziladi

Eng yaqin bank ofisida kredit rasmiylashtiring

Kredit haqida batafsil

Kredit maqsadi

QS yoki Times Higher Education xalqaro reytinglarida TOP-300 talikka kirgan xorijiy universitetlarda bakalavriat yoki magistratura dasturlarida tahsil olish

Kredit oluvchi

Ariza berilgan sanada 18 yoshga to‘lgan, 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda 45 yoshdan oshmagan pedagog xodimlar

Kredit miqdori

Har bir o‘quv yili uchun 20 000 AQSH dollarigacha bo‘lgan ekvivalentda milliy valyutada

Foiz stavkasi

14%

Kredit muddati

Talaba o‘qishni tamomlagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytariladi

Imtiyozli davr

Ta’lim tashkilotida o‘qish davri va talaba o‘qishni tamomlagandan keyin 6 oy

Foizlarni hisoblash

Foizlarni hisoblash va to‘lash ta’lim tashkilotiga mablag‘ o‘tkazilgan sanadan boshlanadi

Qarz yuki va qarzning daromadga nisbati

Tatbiq etilmaydi

Ariza berish joyi

Dastlabki bosqichda bank ofisida shaxsan taqdim etiladi

Ajratish shakli

Kredit mablag‘lari:

  • To‘lov topshiriqnomasi berilgan kundagi bankning rasmiy kursi bo‘yicha xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinadi;
  • Konvertatsiya uchun kredit oluvchidan qo‘shimcha komissiya undirilmaydi;
  • Shartnoma yoki invoysda ko‘rsatilgan xorijiy ta’lim tashkilotining bank hisobvarag‘iga SWIFT tizimi orqali o‘tkaziladi.
Kreditni so‘ndirish
  • Kredit bo‘yicha foizlarni hisoblash va to‘lash mablag‘ xorijiy ta’lim tashkilotiga o‘tkazilgan sanadan boshlanadi
  • Asosiy qarzni qaytarish talaba o‘qishni tamomlagandan keyingi yettinchi oydan boshlanadi
  • Asosiy qarz 7 yil davomida kredit shartnomasida belgilangan jadval asosida so‘ndiriladi
Birgalikda kredit oluvchi
  • Kredit oluvchining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini yoxud vasiysi birgalikda kredit oluvchi bo‘lishi mumkin
  • Rasmiy daromad manbaiga ega uchinchi shaxslar ham birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin
  • Birgalikda kredit oluvchilar soni uch nafardan oshmasligi kerak
  • Kredit belgilangan ta’minot turlaridan biri bilan ta’minlansa yoki kredit oluvchining doimiy ish joyi va daromad manbai mavjud bo‘lsa, birgalikda kredit oluvchi talab qilinmaydi
Kredit ta’minoti
100 mln so‘mgacha

Ish joyi va daromad manbaiga ega kamida bir nafar jismoniy shaxs kafilligi. Kafilning barcha majburiyatlari chegirib tashlanganidan keyingi o‘rtacha oylik daromadining 70%i kredit bo‘yicha bir oylik maksimal to‘lovni qoplashi kerak

Kredit ta’minoti
100 mln so‘mdan yuqori

Likvidli mol-mulk garovi yoki kafillik talab qilinadi

Kredit ta’minoti
200 mln so‘mgacha

Faqat TOP-100 talikka kirgan xorijiy universitetlarga qabul qilingan talabalar uchun ish joyi va daromad manbaiga ega kamida bir nafar jismoniy shaxs kafilligi asosida ajratilishi mumkin. Kafilning sof o‘rtacha oylik daromadining 70%i kredit bo‘yicha bir oylik maksimal to‘lovni qoplashi kerak.

100 mln so‘mdan yuqori kreditlar uchun ta’minot turlari
  • Kredit oluvchi yoki uning oila a’zolariga tegishli transport vositasi;
  • Kredit oluvchi yoki uning oila a’zolariga tegishli turar yoki noturar joy;
  • Depozit yoki omonat mablag‘lari;
  • Tilla buyumlar yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • Yuridik shaxs kafilligi;
  • Davlat, bank yoki sug‘urta kafolati.

Transport vositasi yoki ko‘chmas mulk garovga qo‘yilganda kreditning garov qiymatiga nisbati 75%dan oshmasligi kerak.

Fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

Hamkor ilovasi

  • Valyutani bir zumda ayirboshlang
  • Oyiga 5 000 000 so‘mgacha bepul pul o‘tkazing
  • Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtiring
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor ilovasi Hamkor ilovasi
Oxirgi yangilanish sanasi: 30.07.2026