mc.yandex.ruyandex

Ta’lim kreditlari

  • 84 oygachaKredit muddati
  • Qulay foiz stavkalari
  • Talaba va oliy ta'lim tashkiloti o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan miqdorigachakredit miqdori

Oxirgi yangilanish sanasi: 20.03.2022


Moliya vazirligi mablag’lari hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim krediti

Kredit shartlari

  • Kredit valyutasi Milliy valyuta (so'm)
  • Kredit miqdori Talaba va oliy, o'rta maxsus va professional ta’lim tashkiloti o’rtasida to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida rasmiylashtirilgan shartnomaga asosan belgilanadi
  • Kredit muddati Talaba oliy ta’lim tashkilotidagi (OTT) o’qishini tamomlagandan so’ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil mobaynida qaytarish sharti bilan ajratiladi
  • Kredit ajratish shakli OTT tijorat banklari tomonidan kredit shartnomasida ko’rsatilgan shartlarda o’quv yili mobaynida o’qish uchun yillik to’lovning to’liq miqdorini belgilangan tartibda teng ulushlarda to’rt qismga bo’lish yo’li bilan o’tkaziladi
  • Kreditni so'ndirish shakli Annuitet (oyma-oy bir xilda) yoki oddiy usulda, naqd pulda yoki plastik karta bilan
  • Foiz stavkasi Yillik 14%
    Хotin-qizlarga foizsiz taqdim etiladi.
  • Ajratish shakli Naqdsiz, pul o’tkazish yo’li bilan
  • Ariza berish joyi Bank ofislarida
  • So'ndirish davriyligi Kredit bo’yicha foizlar talabaning o’qish davrida to’lab boriladi. Ta’lim kreditini asosiy tanini qaytarish esa talaba tomonidan OTTda ta’limning ushbu turi bo’yicha o’qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan olti oydan so’ng boshlanadi.

Diqqat! Kredit foizi miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to’liq qiymati esa kreditni rasmiylashtirishga bog’liq qo’shimcha xarajatlar qo’shilganidan so'ng belgilangan miqdor va muddatlarda kreditning umumiy miqdorini ko'rsatadi.


Kreditning to’liq qiymatini hisoblash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/


Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

  • Muddatidan oldin kreditni so’ndirish: qo'shimcha to'lovlar va jarimalarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud;
  • Jarima va penyalar: Kredit bo'yicha asosiy qarzni to'lash shartlari buzilgan taqdirda muddati o'tgan qarzdorlik miqdori bo'yicha foiz stavkasi ushbu muddati o'tgan qarzdorlik paydo bo'lgan kundan boshlab 1,5 barobarga oshadi;
  • Kechiktirilgan foizlar uchun penya - kuniga 0,1%.


1. Doimiy ish joyi va daromad manbayiga ega kamida 1 (bir) nafar jismoniy shaxs kafilligi;

2. Jismoniy shaxs kafilligi asosida ajratiladigan kredit meyyoridan yuqori bo’lgan kreditlar uchun:

a) ko’chmas mulk garovi (turar va noturar)

b) tilla buyumlar yoki qimmatli qog’ozlar garovi (garovga qoyish uchun turmush o’rtog’ining belgilangan tartibda yozma roziligini olinishi lozim)

c) depozit (omonat) mablag’lari garovi

d) sug’urta polisi

    • ta'lim krediti olish uchun ariza;
    • kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (aslidan nusxa olinadi);
    • bank tomonidan kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlarini mustaqil aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, kredit oluvchi (agar daromad manbaiga ega bo‘lsa) va (yoki) birgalikda kredit oluvchining shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar;
    • talaba va oliy ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt) yoki hisob varaqasi/faktura (mavjud bo‘lganda). Shartnomada (kontraktda) o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
    • ta'minotiga oid hujjatlar;
    • “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma (Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun).


    Kreditni hisoblang

    * Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
    %

    QO'SHIMCHA ХARAJATLAR

    So'm
    So'm
    So'm
    So'm
    * Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

    Kreditni rasmiylashtirish

    Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
    Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:


    Orqaga

    O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

    HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
    o‘tkazmalar bepul

    app-store google-play
    Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

    HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
    buyurtma bering

    app-store google-play
    Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

    Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
    fiskal chek oling

    app-store google-play
    To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

    VISA Classic kartasini ilovada
    bepul rasmiylashtiring

    app-store google-play