Valyuta ayirboshlash shaxobchasida rezident va norezident jismoniy shaxslardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi.
Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 barоbari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan holatlarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YaTTdan qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish bundan mustasno).
Valyuta ayriboshlash shaxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etmagan holda shaxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan yechib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.
Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shaxobchasining 09002-son shakldagi ma’lumotnoma yoki terminal (bankomat) cheki yoxud Respublika xududida milliy valyuta mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Ishonch telefonlari:
O'zRes. Markaziy Banki: (71) 200-00-44
"Hamkorbank" ATB: 0 (800) 1-200-200
• jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish;
• jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish;
• jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlab berish;
• jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul mablag‘larini mijozning hohishiga ko‘ra milliy yoki chet el valyutasida yechib berish;
• jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassaga qabul qilish;
• haqiqiyligi shubha tug‘dirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan ekspertizaga qabul qilish;
• jismoniy shaxslarning chet el valyutasini o‘sha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish;
• jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotasini shu turdagi shikastlanmagan banknotaga almashtirib berish;
• jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish;
• O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida qonun hujjatlarda belgilangan bojxona to‘lovlarini va yig‘imlarini qabul qilish.
Valyuta ayirboshlash operatsiyalari uchun undiriladigan vositachilik haqi miqdori
Jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikatslanmagan banknotaga almashtirish | 5% |
Muomalaga yaroqsiz banknotalarni inkassaga qabul qilish | 3% |
Chet el valyutasini shu turdagi chet el valyutasiga maydalab yoki yirik qilib berish | 1% |
Jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish (konversiya) | 2% |
Haqiqiyligiga shubha tug‘dirgan chet el valyutasini ekpertizaga qabul qilish | Har bir banknota uchun 500 so‘m |
Ishonch telefonlari:
O'zRes. Markaziy Banki: (71) 200-00-44
"Hamkorbank" ATB: 0 (800) 1-200-200
Emitent-davlat tomonidan banknotaga nisbatan o‘rnatilgan talablarga javob beradigan asosiy himoya belgilarga (emitent bank nomi, seriya va tartib raqami, valyuta nominalining raqamlar va so‘z bilan ko‘rsatilishi, oldi va orqa tomonining asosiy tasviri (surati, portreti), qalbakilashtirilishidan himoya qiluvchi elementlari) ega bo‘lgan banknota qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi:
• Banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga halaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan holatlar bundan mustasno);
• Banknota enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
• Yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa, hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
• Mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq bo‘lsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
• Banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar bo‘lsa,shu bilan birga ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
• Mayda dog‘ izi banknotaning oq chetki qismida bo‘lib banknotaning rangli qismiga o‘tmagan, hamda ularning soni 2 tadan oshmagan hollarda bundan mustasno;
Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
• Bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;
• Dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;
• Yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;
• Qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
• Banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;
• Muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;
• Banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;
• Banknota geometrik o‘lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa;
• Banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
• O‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar;
• Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomiladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar to‘lovga yaroqsiz deb e’tirof etiladi.
Ishonch telefonlari:
O'zRes. Markaziy Banki: (71) 200-00-44
"Hamkorbank" ATB: 0 (800) 1-200-200
№ | Filial / bo’linma va minibank | Viloyat / shahar nomi | Manzili | Ish vaqti | |
1 | Amaliyot bo‘linmasi | Andijon viloyati | Andijon shahri, Bobur shoxko‘chasi, 85-uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
2 | Nodirabegim filiali | Andijon viloyati | Andijon shahri, Bozor ko‘chasi, 2 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
3 | Asaka filiali | Andijon viloyati | Asaka shahri, Bobur ko‘chasi, 60 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
4 | Shaxrixon filiali | Andijon viloyati | Shaxrixon shahri, Xamza ko‘chasi, 2 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
5 | Chinobod bo‘linmasi | Andijon viloyati | Chinobod shahri, Chinobod shoxko‘chasi, 19 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
6 | Ko‘rg‘ontepa bo‘linmasi | Andijon viloyati | Ko‘rg‘ontepa shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 98 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
7 | Jalaquduq bo‘linmasi | Andijon viloyati | Oxunboboyev shahri, O‘zbekiston ko‘chasi | 09:00 dan 17:00 gacha | |
8 | Xo‘jaobod bo‘linmasi | Andijon viloyati | Xo‘jaobod tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi, 25 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
9 | Istiqbol filiali | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 74A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
10 | Qo‘qon filiali | Farg‘ona viloyati | Qo‘qon shahri, Qipchoqariq ko‘chasi, 98 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
11 | Quvasoy filiali | Farg‘ona viloyati | Quvasoy shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 1 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
12 | Marg‘ilon filiali | Farg‘ona viloyati | Marg‘ilon shahri, B.Marg‘iloniy ko‘chasi, 440A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
13 | Yuksalish filiali | Namangan viloyati | Namangan shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 31 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
14 | Toshkent filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, 14 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
15 | Aviasozlik filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Alimkent ko‘chasi, 5 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
16 | Yakkasaroy filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 57 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
17 | Olmaliq filiali | Toshkent viloyati | Olmaliq shahri, Mustakillik ko‘chasi, 10 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
18 | Yangiyo‘l filiali | Toshkent viloyati | Yangiyo‘l shahri, Samarkand ko‘chasi, 215 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
19 | Chinoz filiali | Toshkent viloyati | Chinoz shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 12A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
20 | Qarshi filiali | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri, Amir Temur ko‘chasi, 41 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
21 | Samarqand filiali | Samarqand viloyati | Samarqand shahri, A.Temur ko‘chasi, 149 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
22 | Buxoro filiali | Buxoro viloyati | Buxoro shahri, K.Murtazayev ko‘chasi, 5-uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
23 | Termiz filiali | Surxondaryo viloyati | Termiz shahri, At-Termeziy ko‘chasi, 15A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
24 | Urganch filiali | Xorazm viloyati | Urganch shahri, Paxlavon Maxmud ko‘chasi, 59 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
25 | Navoiy filiali | Navoiy viloyati | Navoiy shahri, G‘alaba shoxko‘chasi, 198V uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
26 | Nukus filiali | Qaroqolpog‘iston Respublikasi | Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 135 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
27 | Denov filiali | Surxondaryo viloyati | Denov shahri, Sharof Rashidov ko‘chasi, 255A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
28 | Chilonzor filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy ko‘chasi, D20A mavze 4A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
29 | Jizzax filiali | Jizzax viloyati | Jizzax shahri, Sharof Rashidov shox ko‘chasi, 35 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
30 | Guliston filiali | Sirdaryo viloyati | Guliston shahri, Mustakillik ko‘chasi, 121 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
31 | Bog‘ishamol filiali | Samarqand viloyati | Samarkand shahri, Maxmud Qoshg‘ariy ko‘chasi, 49 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
32 | Shayxontohur filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Beruniy-Xuvaydo ko‘chalari kesishmasi 12A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
33 | Angren filiali | Toshkent viloyati | Angren shahri, Oxangaron ko‘chasi | 09:00 dan 17:00 gacha | |
34 | Farg‘ona mintaqaviy filiali | Farg‘ona viloyati | Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 41 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
35 | Namangan mintaqaviy filiali | Namangan viloyati | Namangan shahri, Amir Temur ko‘chasi, 110 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
36 | Urgut filiali | Samarqand viloyati | Urgut shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 96 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
37 | Chirchiq filiali | Toshkent viloyati | Chirchiq shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 4 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
38 | Chust filiali | Namangan viloyati | Chust shaxri, Istiqlol ko‘chasi, 21 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
39 | Xorazm mintaqaviy filiali | Xorazm viloyati | Urganch shahri, Yog‘du ko‘chasi 2/1 | 09:00 dan 17:00 gacha | |
40 | Xazorasp filiali | Xorazm viloyati | Xazorasp shahri, G‘ofur G‘ulom ko‘chasi, 9 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
41 | Yunusobod filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Yangi Shaxar ko‘chasi, 59A uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
42 | Uchtepa filiali | Toshkent shahri | Toshkent shahri, Katta Xirmon ko‘chasi, 39 uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
43 | Qashqadaryo mintaqaviy filiali | Qashqadaryo viloyati | Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Oqtepa MFY, Islom Karimov ko‘chasi, 52-uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
44
| Olimpik Minibanki | Andijon viloyati | Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 17-uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
45 | Farovon minibanki | Navoiy viloyati | Navoiy shahri, G‘alaba shoxko‘chasi, 198V uy | 09:00 dan 17:00 gacha | |
46 | Urgut Bozor | Samarqand viloyati | Urgut tumani, Mirzaqishloq QFY," Urgut Savdo Kopleksi" | 09:00 dan 17:00 gacha | |
* Shanba, yakshanba va bayram kunlari Bank boshqaruvi ko'rsatmasiga asosan ish tashkil etilishi mumkin |
Avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchalari joylashgan manzillari
Filial nomi | Viloyat/Shahar nomi | Bankomat joylashgan manzili |
Yakkasaroy filiali | Toshkent shahar | Toshkent shahri, U.Nosir ko’chasi, 57 uy |
Istiqbol filiali | Fargona viloyati | Fargona shahri, B.Margiloniy ko’chasi, 74 uy |
Andijon bo‘linmasi | Andijon viloyati | Andijon shahri, Bobur shox ko’chasi, 85 uy |
Buxoro filiali | Buxoro viloyati | Buxoro shahri, Kayum Murtazoyev ko’chasi, 5 uy |
Urganch filiali | Xorazm viloyati | Urgench shahri, Paxlavon Maxmud ko’chasi, 59 uy |
Samarqand filiali | Samarqand viloyati | Samarkand shahri, A.Temur ko’chasi, 149 uy |
Ishonch telefonlari:
O'zRes. Markaziy Banki: (71) 200-00-44
"Hamkorbank" ATB: 0 (800) 1-200-200
Oxirgi yangilanish sanasi: 10.06.2020 y.