Kredit miqdori
Kredit muddati
Foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lov
Shaxsiy yondashuv
Tezkor qaror
Qulay foiz stavkalari
Minimal hujjatlar
Xonadon qurib bitkazilguniga qadar — yillik 26%.
Xonadon foydalanishga topshirilib, garov shartnomasi rasmiylashtirilganidan va kredit qayta moliyalashtirilganidan so‘ng — yillik 18%.
Kredit qayta moliyalashtirilmasa — yillik 26%
240 oygacha
Boshlang‘ich to‘lov mijozning Hamkorbankdagi maxsus eskrou hisobvarag‘iga kiritiladi
Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablag‘lari rasmiy daromadga ega mijozning boshlang‘ich badali tarkibida hisobga olinadi
Ulushli shartnoma asosida mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan xonadon va mijozning Hamkorbankdagi eskrou hisobvarag‘ida saqlanayotgan mablag‘lar
Kredit mablag‘lari kredit oluvchining Hamkorbankdagi maxsus eskrou hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Qurilish yakunlanib, xonadon foydalanishga topshirilganidan va garov shartnomasi rasmiylashtirilganidan so‘ng mablag‘lar qurilish tashkilotining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Hamkorbank ofislari
Har oy quyidagi usullardan istalgan biri orqali:
Qo‘shimcha to‘lovlar yoki jarimalarsiz to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘lash mumkin
Ariza bank ofisida to‘ldiriladi
O‘zbekiston rezidenti yoki Respublika hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning pasporti, ID-kartasi, harbiy yoki haydovchilik guvohnomasi
Mijoz va uy-joy sotuvchisi o‘rtasidagi shartnoma
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan
Faoliyatidan yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan daromadga ega bo‘lishi kerak. Kredit rasmiy va norasmiy daromadga ega mijozlarga ajratilishi mumkin
Qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi kerak
Bank va nobank kredit tashkilotlaridagi kreditlar hamda mikroqarzlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi kerak
Qarz oluvchi ushbu ipoteka kreditidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lishi kerak. 2024-yil 1-mayga qadar olingan ipoteka kreditlari hisobga olinmaydi
Uch nafargacha birgalikda kredit oluvchi jalb qilinishi mumkin.
Birgalikda kredit oluvchi 18 yoshga to‘lgan, 60 yoshdan oshmagan va kamida oxirgi 6 oy davomida uzluksiz rasmiy daromadga ega bo‘lishi kerak.