Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
"Hamkorbank" ATB bank kartalari uchun Welcome Pack yetkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB bank kartalari uchun Welcome Pack yetkazib berish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

20.10.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Yetkazib beruvchilar uchun talablar:

  • Ishlab chiqarish quvvatlari va moddiy-texnika bazasining mavjudligi;
  • Kamida 3 yil davomida o’xshash mahsulotlarni etkazib berish tajribasi;
  • Tugallangan yirik buyurtmalar mavjudligi (ish namunalari);
  • Mijoz talabiga binoan namunalarini taqdim etish imkoniyati;
  • Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berish imkoniyati.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak:

  1. Tanlov taklifi (2-ilova) va Tanlov taklifiga 1-ilova;
  2. Ishtirokchi anketasi (1-ilova);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajriba haqida ma’lumotnoma (4-ilova);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar.

Tanlov materiallarida sanab o‘tilgan hujjatlarning shablonlari keltirilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
  3. Tanlov taklifi shakliga Ilova-1
  4. Ilova 3 — Welcome Pack uchun Texnik topshiriq
  5. Texnik topshiriq shakliga namunalar Ilova-1
  6. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli
  7. Konvertlar yetkazib berish jadvali

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida: «Wellcome Pack» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 03.11.2025 yilgacha.

Bog‘lanish uchun shaxslar:

Tanlov bo‘yicha savollar uchun: Murodjon Ataboev
Telefon: 0−800−1-200−200 (ichki raqamlar: 1221)

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026