
Visa Classic / Exchange
Chet el valyutasidagi debet karta
- 20 000 so'mRasmiylashtirish
- 10 AQSh dollariMinimal qoldiq
- VISA Xalqaro plastik kartasi mahsulot va xizmatlar uchun tashkilotlarga, do'konlarga yoki Internet tarmog'i orqali to'lovlarni amalga oshirish, dunyoning istalgan nuqtasida VISA logotipiga ega bo'lgan bankomatlardan naqd pul olish imkoniyatini beruvchi plastik karta.
- Karta yo’qolgan taqdirda ham o’z pul mablag’laringizni saqlab qolish mumkin. Mijoz arizasiga ko’ra karta blok holatiga tushirilib qo'yiladi va shu yo’l orqali pul mablag’lari saqlab qolinadi.
VISA kartasi sizning mablag’laringiz saqlanib turadigan hisob raqamga kirish uchun foydalaniladigan karta hisoblanadi. Quyidagi ehtiyot choralarini ko’rish orqali pul mablag’laringizni o’g’irlikdan saqlab qolish darajasini oshirishingiz mumkin.
- PIN-kod va karta raqamini boshqalardan sir saqlanishini ta’minlashingiz zarur. Plastik kartani boshqa shaxslarga bermang. PIN-kodni kartadan alohida saqlang va PIN-kodni kartaga aslo yoza ko’rmang. Agar karta yo’qolib qolsa, firibgarlar barcha kerak bo’ladigan ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin bo’ladi
- Karta hisobi amaliyotlarini har hafta tekshirib boring – buni bank orqali olish mumkin bo’lgan ko’chirmalar yordamida qilish mumkin
- Agar kartangiz yo’qolgan yoki uni o’g’irlashgan bo’lsa darhol bu to’g’risida bankka ma’lum qiling. Bank kartangizni STOP-listga olib qo’yadi
- Karta orqali to’lovlarni amalga oshirish davomida kartani nazoratsiz qoldirmang. To’lov amalga oshib bo’lganidan so’ng sotuvchi aynan sizning kartangizni qaytarib berayotganligiga ahamiyat bering
- Bankomatlarda naqd pul olayotganingizda sizni hech kim kuzatmayotganligiga va orqangizda hech kim yo’qligini tekshirib ko’ring
Kartadagi mablag’laringizni yo’qotib qo'yish havfini kamaytirish uchun ushbu ehtiyot choralariga amal qiling
VISA Classic (Exchange) xalqaro plastik kartalar bo’yicha: | ||
VISA Classic kartalarni emissiya qilish | 20 000 so'm | |
| VISA Classic karta yo’qotilganda yoki yaroqsiz holatga kelganda qayta karta emissiya qilish | 20 000 so'm |
VISA Classic karta hisobvarag’ini to’ldirish: |
| |
a) | Naqd pulda | Bepul |
b) | Hamkorbank tizimida pul o’tkazish yo’li orqali | Bepul |
c) | Boshqa bankdan pul o’tkazish yo’li orqali | Bepul |
Karta hisobvarag’i minimal qoldig’i | ||
a) | VISA Classic kartalarida | 10 AQSh dollari |
b) | Pul o'tkazmalari uchun VISA Classic kartalarida | 0 (nol') AQSh dollari |
Bankomat orqali VISA Classic karta balansi bo’yicha so’rovnoma jo’natish va so’rovni bekor qilish | 0,5 AQSh dollari | |
VISA Classic kartalari orqali mablag’lar bank kassasi yoki bankomatlar orqali naqd chiqim qilinganda: | ||
a) | Hamkorbankda o‘rnatilgan kassa terminallari orqali naqd AQSh dollari yoki so‘m berish | Bepul |
b) | Hamkorbankda o‘rnatilgan bankomat orqali naqd so‘m berish | Bepul |
c) | Hamkorbank tomonidan muomilaga chiqarilgan VISA Classic kartalaridan boshqa banklar kassasi yoki bankomatlari orqali naqd chiqim qilish | summadan 1,5 % (kamida 2 AQSh dollari) + boshqa bank xizmati |
d) | Hamkorbankda o‘rnatilgan terminal orqali boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan VISA kartalariga naqd AQSh dollari yoki so‘m berish | sumadan 1,0 % (kamida 1 AQSh dollari) |
e) | Hamkorbankda o‘rnatilgan bankomat orqali boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan VISA kartalariga naqd so‘m berish | sumadan 1,0 % (kamida 1 AQSh dollari) |
Karta bilan terminallar orqali tovar va xizmatlar uchun to’lovlar to’langanda |
summadan 0,5 % | |
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida Humo terminallari orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar to‘langanda | 0 % | |
Hamkorbank VISA Classic kartasi hisob varag‘idan boshqa VISA karta hisob varag‘iga mablag‘lar o‘tkazilganda (Visa Direct), har bir o‘tkazilgan summadan: | ||
a) | Hamkorbank VISA Classic kartasi hisob varag‘idan boshqa Hamkorbank VISA yoki UnionPay karta hisob varag‘iga mablag‘lar o‘tkazilganda | Bepul |
b) | Hamkorbank VISA Classic kartasi hisob varag‘idan boshqa bank VISA karta hisob varag‘iga mablag‘ o‘tkazilganda | 1,0 % (kamida 1 AQSh dollari) |
VISA Classic kartalarini vaqtinchalik blokirovka qilish va blokirovkadan chiqarish | Bepul | |
VISA Classic kartalarini vaqtinchalik blokirovka qilish va blokirovkadan chiqarish Internetda savdo amaliyotlarini amalga oshirish va SMS-banking xizmatini yoqish | Bepul | |
VISA karta hisob raqamida qoldiq mablag’lar bo’yicha yozma ma'lumot berish | 50 000 so'm | |
VISA tizimida har bir nizoli tranzaktsiyalar bo’yicha surishtiruv olib borish (har bir tranzaktsiya uchun)
| 200 000 so'm |
- Karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat etish.
- Aloqa markaziga 0 800 1 200 200 raqami orqali murojaat qilish. Kartani bankning aloqa markazi orqali blok holatiga kiritish uchun plastik kartani rasmiylashtirish shartnomasida ko'rsatilgan "kod so'zi" yordamida amalga oshiriladi.
- Hamkor Mobile ilovasi orqali. Agar karta Hamkor Mobile ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, "Mening kartalarim" bo'limida uni masofadan turib blok holatiga kiritish imkoniyati mavjud.
Kartani qayta rasmiylashtirish yoki blok holatidan chiqarish uchun plastik karta rasmiylashtirilgan bank ofisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz kifoya.