Taʼlim krediti

Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan OTMda ta’lim olish uchun

Taʼlim krediti
shartnomaga asosan

Kredit miqdori

7 yilgacha

Kredit muddati

14%

Foiz stavkasi

ta’lim olish va rivojlanish

Kredit maqsadi

Foydali taklif

Past foiz
Eng past foiz bilan eng yuqori foyda oling
Tezkor yechim
3 ish kuni ichida yechim
Qulay so‘ndirish
Kreditni Hamkor mobil ilovasida to‘lang
Ishonchli hamkor
Hamkorbank 30 yildan ortiq vaqt davomida orzular ushalishiga yordam berib kelmoqda

Kreditni hisoblash

Kredit miqdori
0
Jami oylik to‘lov
0
Yillik foiz stavkasi
Kreditning to‘liq qiymati
0
Sizga kerak bo‘ladi

Kreditni qanday rasmiylashtirish mumkin

1
Kredit olishga ariza bering

Arizani bank ofisida topshirish kerak

2
Kreditni bank tomonidan ma’qullanishini kuting

Arizani ko‘rib chiqish muddati 3 kungacha

3
Kredit shartnomasini imzolang

Shuningdek, boshlang‘ich to‘lovni to‘lang

4
Bilim eshiklarini oching

Mablag‘lar OTT hisob-raqamiga o‘tkaziladi

Eng yaqin bank ofisida kredit rasmiylashtiring

Kredit haqida batafsil

Kredit maqsadi

Oliy va professional ta’lim tashkilotlarida hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavriat va magistraturaning kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, qabul qilingan yoki o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalar uchun.

Kredit miqdori

Talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasiga asosan belgilanadi:

  • Oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
  • Oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalarining GPA ko‘rsatkichi 3 dan past bo‘lsa — to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80%i. Kredit kontrakt summasining dastlabki 20%i talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;
  • GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lsa va (yoki) talaba «Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oila a’zosi bo‘lsa — to‘lov-kontrakt summasi miqdorida.
Foiz stavkasi
  • Yillik 14%;
  • Xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim kreditlari bo‘yicha yillik foiz stavkasi — 14%. Hisoblangan foizlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Xotin-qizlarga ta’minotsiz kredit ajratilganda birgalikda qarz oluvchi talab qilinadi. Birgalikda qarz oluvchi doimiy rasmiy daromadga ega bo’lishi zarur.

Kredit muddati

7 yilgacha

Talaba oliy ta’lim tashkilotidagi (OTT) o‘tamomlagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil mobaynida qaytarish sharti bilan ajratiladi

Hujjatlar
  • Kredit olish uchun ariza
  • Kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati
  • Talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt)
  • Bank tomonidan kredit oluvchi va birgalikda kredit oluvchilarning o‘rtacha oylik daromadlarini mustaqil aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda, kredit oluvchi (agar daromad manbaiga ega bo‘lsa) va (yoki) birgalikda kredit oluvchining shaxsiy daromad manbalarini tasdiqlovchi hujjatlar
  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma («Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun)
Ta’minoti

100 mln so‘mgacha:

  • Doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega kamida bir nafar jismoniy shaxs kafilligi; yoki
    kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi.

100 mln so‘mdan yuqori:

Likvidli mol-mulk garovi talab qilinadi:

  • Turar yoki noturar ko‘chmas mulk;
  • Tilla buyumlar yoki qimmatli qog‘ozlar;
  • Depozit yoki omonat mablag‘lari.

«Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari va xotin-qizlarga ta’lim krediti ta’minotsiz ajratiladi.

Ajratish shakli

Ajratish shakli naqdsiz, pul o‘tkazish yo‘li bilan

Ariza berish joyi

Bank ofislarida

Kreditni so‘ndirish shakli
  • Kredit bo’yicha foizlar talabaning o’qish davrida to’lab boriladi.
  • Ta’lim kreditini asosiy tanini qaytarish esa talaba tomonidan OTTda ta’limning ushbu turi bo’yicha o‘qishning rasmiy belgilangan muddati tugallangandan 6 (olti) oydan so‘ng boshlanadi.
Muddatidan oldin so‘ndirish

Qo‘shimcha to‘lovlar yoki jarimalarsiz to‘liq yoki qisman muddatidan oldin to‘lash mumkin

Jarima va penyalar
  • Kredit bo‘yicha asosiy qarzni to‘lash shartlari buzilgan taqdirda muddati o‘tgan qarzdorlik miqdori bo‘yicha foiz stavkasi ushbu muddati o‘tgan qarzdorlik paydo bo‘lgan kundan boshlab 1,5 barobarga oshadi
  • Kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdorlik summasining 0,4% miqdorida foizlar undiriladi
Fuqarolik

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

Qarz oluvchi va kafilga qo‘yiladigan talablar
  • Kredit oluvchining oila a’zolari — ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini — yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi bo‘lishi mumkin;
  • Rasmiy daromad manbaiga ega uchinchi shaxslar ham birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin;
  • Birgalikda kredit oluvchilar soni ikki nafardan oshmasligi kerak;
  • Kredit belgilangan ta’minot turlaridan biri bilan ta’minlansa yoki talabaning doimiy ish joyi va daromad manbai mavjud bo‘lsa, birgalikda kredit oluvchi talab qilinmaydi.
Garov ta’minoti
Jismoniy shaxs kafilligida belgilangan limitdan ortiq bo‘lgan kreditlar uchun quyidagi ta’minotlardan biri talab qilinadi
  • Tijoriy ko‘chmas mulk (yashash uchun foydalanilmayotgan)
  • Zargarlik buyumlari va qimmatli qog‘ozlar
  • Depozit yoki omonat
  • Sug‘urta polisi
Qarz yuki

Ta’lim kreditlarini ajratishda qarz yuki ko‘rsatkichi tatbiq etilmaydi

Hamkor ilovasi

  • Valyutani bir zumda ayirboshlang
  • Oyiga 5 000 000 so‘mgacha bepul pul o‘tkazing
  • Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtiring
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Hamkor ilovasi Hamkor ilovasi
Oxirgi yangilanish sanasi: 28.07.2026