mc.yandex.ruyandex

Xonadon, uy-joy sotib olish va ta’mirlash uchun kredit

  • 20 yilgachaKredit muddati
  • 22% dan Qulay foiz stavkalari
  • 800 mln so'mgachakredit miqdori

Oxirgi yangilanish sanasi: 04.07.2024


O’zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi hisobidan birlamchi va ikkilamchi bozordagi yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olish hamda uy-joyni ta’mirlash uchun ajratiladigan uzoq muddatli ipoteka krediti.

Birlamchi uу-jоу bozoridan tayyor holda topshirish sharti bilan yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tаyуоr holda) kvartiralarni sotib olish

Kredit shartlari

  • Kredit miqdori Toshkent shahri uchun – 800 mln so‘mgacha
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 500 mln so‘mgacha
  • Muddati 20 yilgacha
  • Imtiyozli davr Ko‘zda tutilmagan
  • Foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi + 8%
  • Boshlang‘ich badal Kamida 26%
  • Ta’minoti Ipoteka krediti hisobiga sotib olingan turar joy mulki
  • Qarz oluvchiga talablar Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan 60 yoshdan oshmagan muntazam (doimiy) daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslar

Yakka tartibda qurilgan uy-joylar уоki ko‘p qavatli uydagi хоnadonlar

  1. Foydalanishga topshirilgan xonadonlar (kadastri mavjud, xonalarga bo‘lingan va bo‘linmagan), turаr-jоу (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) sotib olish;
  2. Turar joyni ta’mirlash. Tarkibiy o‘zgartirishlar (rekonstruksiya) bunga kirmaydi

Shartlari

  • Kredit miqdori Toshkent shahri uchun – 800 mln so‘mgacha
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 500 mln so‘mgacha
    Turar joy ta’miri uchun – 170 mln so‘mgacha
  • Muddati Uy-joy xaridi uchun – 10 yil
    Turar joy ta’miri uchun – 10 yil
  • Imtiyozli davr Ko‘zda tutilmagan
  • Foiz stavkasi Yillik 24% Foiz Stavka 3 (uch) yilda bir qayta ko‘rib chiqiladi
  • Boshlang‘ich badal Xarid qilinayotgan uy-joy qiymatining kamida 26%i
    Ta’mirlash uchun – talab etilmaydi
  • Ta’minoti Ipoteka krediti hisobiga sotib olingan turar joy mulki
  • Qarz oluvchiga talablar Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan 60 yoshdan oshmagan muntazam (doimiy) daromad manbalariga ega bo‘lgan shaxslar

Diqqat! Kredit foizi miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. Kreditning to’liq qiymati esa kreditni rasmiylashtirishga bog’liq qo’shimcha xarajatlar qo’shilganidan so'ng belgilangan miqdor va muddatlarda kreditni umumiy miqdorini ko'rsatadi.


Kredit to’liq qiymatini hisoblash tartibi bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://hamkorbank.uz/uz/credit-calc/


Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi o‘zgartirilishi mumkin. Bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘zgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

Qo‘shimcha ma’lumot:

  • Sotib olinayotgan yoki ta’mirlanayotgan uy-joyga Bosh bankning Ekologik ekspertiza va monitoring sektorining ijtimoiy-ekologik xulosasi, «Hamkorbank» ATBda "UZMRC bilan hamkorlik doirasida ipoteka kreditlari ajratishda ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimi Nizomi»da belgilangan tartibda olinishi shart.
  • Ayol mijozlar filial kredit portfelini (KRIU bo‘yicha ajratilgan ipoteka kreditlar portfeli) 35% dan kam bo‘lmasligi shart.
  • Ipoteka kreditlari faqat joriy ta’mirlash (remont) qilish uchun ajratiladi, qayta qurish (rekonstruktsiya) nazarda tutilmagan. 

  • ipoteka krediti kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
  • qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 50 foizdan yuqori bo‘lmagan shaxs;
  • ipoteka krediti ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxs;

  • Kreditni rasmiylashtirish uchun ariza;
  • qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasportining asl nusxalari;
  • pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma;
  • qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda-ishlangan davr uchun) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari.


Qarz oluvchi kredit olish jarayonida quyidagi xarajatlarni amalga oshiradi:

  • notarial tartibdagi oldi-sotdi xarajatlar;
  • kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash va sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar.

Savollar va javoblar

Kredit olish uchun rasmiy daromadga ega bo‘lish majburiydir. Kredit oluvchilar davlat va xususiy tashkilotlarning xodimlari bo‘lishi mumkin.
Kredit rasmiylashtirish uchun bank ofisida ariza qoldirish zarur.
Kredit rasmiylashtirish uchun faqatgina qarz oluvchi va uning oila a'zolarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari kerak bo‘ladi.
Garov sifatida sotib olinayotgan ko‘chmas mulk qabul qilinadi.
Kreditni bir necha usullar bilan so‘ndirishingiz mumkin:

  • Masofadan, Hamkor Mobile yoki boshqa to‘lov ilovalari orqali;
  • O‘-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari orqali;
  • Bank ofislarida, naqd pul yoki bank kartasi bilan.
Agarda joriy kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasa va oilaviy qarz yuki o‘rtacha oylik daromadning 50 foizidan oshmasa, kredit rasmiylashtirish mumkin.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

QO'SHIMCHA ХARAJATLAR

So'm
So'm
So'm
So'm
* Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:


Orqaga


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play