Pul o'tkazmalari

Respublika bo’ylab milliy valyutadagi tezkor pul o’tkazmalari!

«Hamkorbank» AТB jismoniy shaxslarga dunyoning istalgan nuqtasiga pul mablag’ini xorijiy valyutada o’tkazishga imkon beradi.

Bank «Contact», «Unistream» va «Moneygram» tizimlarining qatnashchisi hisoblanadi va shu tufayli, biz o’z mijozlarimizga yaqin qarindoshlari va do'st-yorlariga pul mablag‘larini tez va arzon narxlarda o’tkazib berishiga yordam berishimiz mumkin. Pul o‘tkazmasini rasmiylashtirish bir necha daqiqa vaqt oladi xalos.

Pul o’tkazmasini rasmiylashtirish bir necha daqiqa vaqt oladi xalos.




Pul o’tkazmalarini “Hamkorbank” ATBning barcha 153 ta bank xizmarlari ofislarida jo’natishingiz yoki qabul qilib olishingiz mumkin. Qolaversa, uni amalga oshirish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingiz va qabul qilib oluvchining ma’lumotlarini taqdim qilishingiz kerak. O’tkazmani naqd pul, ya`ni, milliy valyuta ko‘rinishida yoki plastik kartadan mablag’larni chiqim qilish yo’li bilan amalga oshirsangiz bo’ladi.


O‘tkazmalar uchun tariflar:

  • Milliy valyutada (kamida 1 000 000 so‘m) - 1 %
  • AQSh dollarida (kamida 100 AQSh dollari) - 0.7%


    O’tkazmani qabul qilib olish uchun pasport va o’nta (10) raqamdan iborat bo’lgan o’tkazma raqamini taqdim qilish kerak bo’ladi.


    Endi siz pul o‘tkazmalaringizni hohlagan davrgacha to‘plashni, qolaversa, to‘plagan pulingizni faqat o‘zingiz olishni hohlaysizmi? SWIFT tizimi mablag‘ingizni ishonchli saqlash imkoniyatini yaratadi.



    SWIFT tizimining ustunlik tomonlari


    • Pul mablag‘laringizni hohlagan davlatingizga jo‘natishingiz mumkin
    • SWIFT tizimi pul jo‘natmangiz aniq, manzilingizga xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydi
    • Arzon xizmat haqi


    SWIFT GPI

    Undan tashqari, Hamkorbankda SWIFT GPI texnologiyasi mavjud bo’lib, ushbu texlogiya yordamida mijoz real rejimda yuborilgan o’tkazmani kuzatishi mumkin.

    Xizmat ko‘rsatish darajasini va chet el valyutasidagi hisob-kitoblar sifatini yaxshilash uchun ushbu texnologiya yangi imkoniyatlar yaratadi. Mijoz nafaqat yuborilgan o‘tkazmalar, balki xorijiy hamkorlardan kelib tushayotgan mablag‘larni ham kuzatib borishingiz mumkin.


    Ushbu texnologiyaning ko‘plab afzalliklari orasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish joiz:


    • To‘lovlarni real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati;
    • Xorijiy banklar komissiyalarining butkul shaffofligi;
    • O‘tkazmalar haqida doimiy ma’lumotlar.


    SWIFT GPI xizmatidan foydalanish uchun to‘lov topshiriqnomasi (yoki UETR kodi) bilan xizmat ko‘rsatuvchi filiallarimizga murojaat qilish lozim.



    Pul jo'natish uchun


    • Pul jo‘natish uchun - jo‘natuvchi xorijiy davlatda hisob raqami ochadi
    • Pul o‘tkazmasi chet eldan jo‘natilganda chet el banki tariflariga asosan jo‘natuvchidan xizmat haqi undiriladi



    Pul jo'natmasini olish uchun


    • Pul o‘tkazmasini oluvchi jismoniy shaxs Hamkorbank filiallarining birida o‘z hisobvarag‘ini ochadi (hisobvaraq ochish uchun jismoniy shaxs bankning istalgan filialiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan murojaat qilishi kifoya. Hisobvaraq ochish uchun xizmat haqi olinmaydi)
    • Pul o‘tkazmasi mijozning hisobvarag‘idan chiqim qilinayotganda oluvchidan bank xizmat haqi olinadi
    • Mijoz tomonidan jo‘natilgan va qabul qilingan pul o‘tkazmalari, mijozga tegishli hisobvaraq to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi




    DIQQAT!


    Jimsoniy shaxs chet eldan o‘zining hisobvarag‘ida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin, bunda mijoz chet eldan kelgunga qadar o‘z mablag‘larini jamg‘arib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Hisobraqam ochmasdan manzilsiz tezkor pul o‘tkazmalari xizmati «Zolotaya Korona – pul o‘tkazmalari» – bu 40 mingta xizmat ko‘rsatish shahobchalaridan iborat bo‘lib, ular Abxaziya, Ozarbayjon, Belarus, Vyetnam, Gretsiya, Gruziya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mongoliya, Nepal, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Chehiya kabi mamlakatlarda joylashgan.

    “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari – yengil, tezkor, ishonchli!



    Izoh:

    Hamkor Mobile ilovasi orqali pul o‘tkazmalarini masofaviy plastik kartalarga kirim qilish imkoniyati Respublikaning barcha hududlarida mavjud.


    UniStream" pul o’tkazmalari tizimining afzalliklari


    Afzalligi: Rossiya bo’yicha, MDH va uzoq xorij davlatlari bo’yicha pul o’tkazmalari uchun komissiya pulining pastligi
    Oddiyligi: Pul o’tkazmasini oluvchi va jo’natuvchi uchun alohida hisob raqamining ochilishi talab etilmaydi
    Tezkorligi: Pul o’tkazmasini rasmiylashtirish bor-yo’g’i bir necha daqiqa talab etadi, Yunistrim mijozi kartasini ishlatgan taqdirda esa yana ham tezroq bo’ladi. Pul o’tkazmasi qabul qilib olish uchun jo’natilganidan so’ng 10-15 daqiqa o’tgach tayyor bo’ladi. Qulayligi: Pul o’tkazayotgan paytda Siz pul jo’natasini topshirish punktini aniq ko’rsatishingiz yoki faqatgina mamlakat va shaharni ko’rsatishingiz mumkin. Pul jo‘natmasini oluvchi o‘ziga qulay bo‘lgan pul jo‘natmasini berish punktini o‘zi mustaqil tanlab olishi mumkin

    Hisob raqami ochmasdan jismoniy shaxslar o’rtasida pul o’tkazish


    • MDH davlatlari bo'ylab
    • AQSh dollarida
    • Yetkazib berish tezligi: 15 daqiqadan boshlanadi (pulni berish vaqti jo’natish punkti bilan qabul qilib olish punktidagi soat mintaqalariga, shuningdek qabul qilib oluvchi bankning ishlash rejimiga bog’liq bo’ladi)



    Pul o’tkazmalarini yangi usullar bilan o’tkazishning yagona imkoniyati


    Pulni berish:


    • Bank raqamiga o’tkazilishi mumkin
    • Karta raqamiga o’tkazilishi mumkin
    • Chek bilan to’lanishi mumkin


    Pulni jo'natish:


    • Bank raqamidan
    • Karta raqamidan

    "Moneygram" tizimi - xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi, bu tizim orqali pul jo‘natib, siz pul o‘tkazmasining sifati va tezligini his etasiz.



    • Dunyoning 180 dan ortiq davlatlariga o‘tkazmalar
    • O‘tkazmalar faqat AQSh dollarida amalga oshiriladi
    • Tizimning oddiyligi va ishonchliligi



    IZOH

    Bankda Rossiya Federatsiyasidan jo‘natilgan o‘tkazmalar to‘lanmaydi. Ushbu pul o‘tkazmalari tizimi orqali jo‘natmalar amalga oshirilmaydi.

    • Siz bankning ixtiyoriy bo’limiga murojaat qilasiz;
    • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz;
    • Pulni oluvchi odam Siz yuborgan mablag‘ni olishi mumkin bo’lgan mamlakat, shahar va bank bo’limini ko’rsatasiz;
    • Pul o’tkazmasi blankasini to’ldirasiz;
    • Pul o’tkazmasi miqdori va komissiya xizmati to‘lovini to’laysiz;
    • Qabul qiluvchiga pul o’tkazma summasi, raqami, shuningdek, siz tanlab olgan bank bo’limi raqamini qoldirasiz.
    • Siz pulni jo’natayotgan odam ko’rsatgan «Hamkorbank» bo’limiga murojaat qilasiz
    • Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz
    • Bank xodimiga unikal raqamingizni va pul miqdorini aytasiz
    • Pulingizni olasiz
    Qo'shimcha shartlar O'zbekiston bo'ylab milliy valyutada hisob raqam ochmagan holda pul o'tkazmalari uchun Xalqaro pul o'tkazmalari uchun
    1. Valyuta turi Milliy valyuta so'm AQSh dollari
    2. O'tkazmalarning maksimal muddati tezkor pul o'tkazmalari tezkor pul o'tkazmalari
    3. O'tkazmalarning maksimal summasi cheklovsiz 5000$
    4. Bank va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o'rnatilgan tariflar  1 mln so'mgacha bo'lgan o'tkazmalar uchun - 10 000 so'm, 1 mln so'mdan yuqori bo'lgan o'tkazmalar uchun - 1% O'tkazma miqdori va yo'nalishiga qarab 1% dan boshlab
    5. O'tkazmalar yo'nalishi va qabul qilish joylari "Hamkorbank" ATB barcha bank tarmog'larida 180 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan MoneyGram, Zolotaya Korona, Unistream va Contact pul o'tkazmalarini olish va jo'natish nuqtalarida
    6. O'tkazmani bekor qilish, yuborilgan mablag'ni qabul qilib oluvchi olmagan bo'lsa qaytarib olish va o'tkazmaga o'zgartirish kiritish shartlari "Hamkorbank" ATB barcha bank tarmog'larida O'tkazma qabul qilib oluvchiga yetib bormasa , tegishli ariza asosida shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o'tkazmani jo'natuvchi qo'shimcha komission to'lovsiz qaytarib olish yoki unga o'zgartirish kiritishi mumkin
    7. Bankning har bir yuborilgan o'tkazma uchun mijozga kvitansiya berish majburiyati  Mijozga bank belgisi bilan pul o'tkazmani tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi  Mijozga bank belgisi bilan pul o'tkazmani tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi
    8. Pul o'tkazmasini yuboruvchi (oluvchi) ning bank pul o'tkazmasi yoki o'tkazmaning valyuta turi to'g'risida xabarnoma jo'natish - O'tkazmaning valyuta turi va uni ayirboshlash kurslari pul o'tkazmasi hujjatlarida aks ettiriladi

    Oxirgi yangilanish sanasi: 06.03.2023



    HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
    nazorat qulayligi

    HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
    boshqarish

    HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
    rasmiylashtirish

    HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
    chiqmasdan amalga oshiring.