“Hamkorbank” ATB uchun “Chat-platforma tizimini joriy etish (litsenziyalar sotib olish, dasturiy ta’minotni joriy qilish, texnik qo’llab-quvvatlash)” bo’yicha shartnoma tuzish huquqi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
16 / 12 / 2025Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo’lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish xuquqiga ega bo’lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Tizimda kamida:
- Call-markaz 7 nafar foydalanuvchi,
- Collection bo’limidan 5 nafar foydalanuvchi,
- MMSB bo’limidan 7 nafar foydalanuvchi ishlashi kerak.
2. “Chat-platforma”ga qo’yiladigan talablar hamda Bankning tizimlari va komponentlari bilan integratsiya qilish masalalari Texnik topshiriqda bayon etilgan.
Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Tanlov taklifi (ilova 2);
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Tanlov hujjatlari
- Ilova 1 - Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 - Tanlov taklifi shakli
- Ilova 3 – “Chat-platforma” tizmini ishga tushirish tanloviga Texnik topshiriq
- Texnik topshiriq shakliga Ilova 1 – to’ldirish uchun shakl
- Texnik topshiriq shakliga Ilova 2 – Jamoa a’zolari va ishga tushirish rejasi uchun shakl
- Texnik topshiriq shakliga Ilova 3 – SLA bo'yicha kelishuv
- Ilova 4 - Tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida: «Chat-platforma» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 29.12.2025 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod,
Telefon: 0-800-1-200-200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.





