Bank haqida
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan yirik xususiy banklardan biri. Bank Respublikaning barcha ma’muriy hududlarini qamrab olgan 167 ta bank xizmatlari ofislariga ega.
Bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bankning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Bank mamlakat moliya bozorini rivojlantirishdan tashqari, o‘z omonatchilari, mijozlari va aksiyadorlari manfaatlarini yuqori qo‘yadi.
Mikromoliyalash, kichik biznes subyektlarini kreditlash, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish, savdoni moliyalashtirish va institutsional rivojlanish uchun texnik ko‘mak berish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan 15 yildan ortiq davr mobaynida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilayotganligi Hamkorbank ishonchliligi va barqarorligining muhim ko‘rsatkichidir. XMI bilan hamkorlik bank rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro va mahalliy kapital bozorlariga muvaffaqiyatli tarzda kirib borish va ishonchli qarz oluvchi sifatida obro‘-e'tibor qozonish xalqaro investorlar tomonidan Bankka bo‘lgan ishonchning tobora o‘shib borayotganligining dalilidir. Bank aksiyalarining bir qismi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Gollandiya taraqqiyot banki (FMO) va responsAbility Investitsion kompaniyasi tomonidan xarid qilinishi buning isbotidir.