Biznes plan
Chet – el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining 2020 yil uchun biznes rejasi
Bankning yillik biznes rejasi asosiy parametrlari:
- Bank aktivlari miqdorini 1,29 barobarga oshirish;
- Kredit qo‘yilmalari hajmini 1,35 barobarga oshirish;
- Aktivlar samaradorlik ko‘rsatkichini (ROAA) 4,1% , kapital samaradorlik ko‘rsatkichini (ROAE) 30,3% bo‘lishini ta’minlash.
Joriy yildagi ustuvor vazifalar:
- Chakana biznesni rivojlantirish va takomillashtirish. Chakana xizmatlarning hajmini va foydaliligini oshirish. Raqobatbardosh va jozibador chakana xizmatlarni ishlab chiqish va raqamli bankingni rivojlantirish;
- Xazina yo‘nalishini rivojlantirish va takomillashtirish. Bank resurslarini tizimli boshqarish jarayonini joriy qilish. Moliyaviy instrumentlarni keng qo‘llagan holda xazina amaliyotlari hajmini oshirish;
- Bankning mahsulot va xizmatlarini sotish tizimining samaradorligini oshirish. Savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish va aktiv qo‘llash;
- Savdo nuqtalarining samaradorligini ta’minlash. Yangi filiallarning imkorniyatlaridan foydalanish va bank xizmatlarini ko‘rsatish markazlarini rivojlantirish;
- Bank harajatlarini optimallashtirish va samarali boshqarish. Bank harajatlari va boshqaruv hisobini monitoring tizimini takomillashtirish;
- Bank biznes-jarayonlarini optimallashtirish. Avtomatizatsiya tizminini oshirish, raqamli bankingni rivojlantirish va kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish. Jarayonlarni markazlashtirish;
- Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish, xodimlar samaradorligini oshirish. Biznesga muvaffaqiyat ruhiyati bilan xodimlarning malakasi va professionallik darajasini rivojlantirish;
- Ichki nazorat tizimi, tavakkalchiliklarni boshqarish va komplayens-nazoratni takomillashtirish. Undiruv va muammoli kreditlar bilan ishlash bo‘yicha samarali tizimni shakillantirish.
Oxirgi yangilanish sanasi: 07.02.2020 y.