«Hamkorbank» ATB banklararo kreditlar bozorida nafaqat O'zbekistonda joylashgan banklar bilan, balki Yevropa, Mustaqil davlatlar hamdo'stligi davlatlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasida joylashgan banklar bilan ishonchli hamkorlik olib bormoqda.
Korrespondent munosabatlar
Ichki va tashqi bozorlarda korespondent munosabatlarni aktiv o'rnatish va kontragentlar sonini ko'paytirish bank rivojlanish strategiyasining tashkil qiluvchilaridan biridir.
Likvidlilikni operativ boshqarish - korrespondent bilan munosabat o'rnatishning muhim shartidir. U bank va filiallarning korrespondent hisob raqamlaridagi qoldiq pul mablag'larini tartibga solish, moliya bozoridagi pul mablag'larini jalb qilish va joylashtirish amaliyotlari, qimmatli qog'ozlar bozoridagi amaliyotlari orqali amalga oshiriladi.
Batafsil
"Hamkorbank" quyidagi tamoyillardan foydalanadi:
- Hisob-kitob tizimining sofligi;
- Bank-korrespondentlarning aniq, ishonchli va barqarorligi;
- To'lovlarni amalga oshirilayotganda qisqa muddatlarda kichik xizmat haqlari;
- Korrespondentlarning sodiqligi va ushbu tizimning mijozlarni biznes qiziqishlariga mosligi;
- Bo'sh pul mablag'lari qoldiqlarining samarali va ishonchli joylashtirish kafolati.