mc.yandex.ruyandex

Bank Kafolati

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.01.2019 14:38

Kreditni maqsadli ishlatish yo'nalishlari

  • Bojxona ombori tashkil qilish
  • Yengil sanoat korxonalariga paxta tolasi sotib olish
  • Qurilish tender savdolarida qatnashish
  • Shartnoma shartlarini bajarish uchun va boshqalar

Shartlari

  • Kafolat miqdori jami kafolatlar va printsipal tomonidan qoplanmagan benefitsiar foydasiga to'lab berilgan mablag' summasining yig'indisi birinchi darajali bank kapitalining 25 foizidan ortib ketmasligi lozim
  • Kafolat muddati printsipal bilan benefitsiar o'rtasida imzolangan shartnoma shartlariga muvofiq belgilanadi
  • Kafolat xati valyuta turi milliy valyuta (so'm) va AQSh dollarida
  • Kafolat xati berganlik uchun xizmat haqi Kafolat summasiga nisbatan 0,5% dan 5% gacha bo'lgan miqdorda kafil (bank) va printsipal o'rtasida o'zaro kelishuvga asosan belgilanadi lekin bu summa bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan kam bo'lmasligi kerak

    Kafil (bank) tomonidan benefitsiar foydasiga printsipalning majburiyatlari bo'yicha mablag' to'lab berilgan taqdirda, ushbu o'tkazib berilgan mablag' bankka qaytarib to'langungacha bo'lgan muddat davomida printsipal bilan kafil (bank) o'rtasida imzolangan kafolat shartnomasida kelishilgan miqdorda qo'shimcha komission to'lov hisoblab undiriladi
  • Qarz oluvchilar va ularga qo'yilgan talab nolikvid balansga ega, zarar bilan ishlovchi, muddati o'tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud, oxirgi 3 yil moliyaviy holati tahlili bo'yicha auditor ijobiy xulosasiga ega bo'lmagan, kredit tarixi salbiy bo'lgan korxonalarga bank kafolati taqdim etilmaydi
  • 125% dan kam bo'lmasligi kerak
  • Garov ta'minoti turlari: Ko'char va ko'chmas mulklar, depozit mablag'lari, bank yoki sugurta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi

Kafolat olish uchun kerakli hujjatlar


  • Kafolat maqsadi, miqdori, muddati va ta'minotini ko'rsatgan xolda buyurtmanoma
  • Bank kafolati olinishi yuzasidan printsipalning va garovga qo'yish yuzasidan mulk egasining vakolatli organi roziligi
  • Printsipalning bank hisob varag'iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko'rsatilgan biznes-reja
  • Oxirgi hisobot sanasiga mijoz tomonidan tasdiqlangan moliyaviy hisobotlari (Buxgalteriya balansi-1-shakl, moliyaviy natijalar to'g'risidagi xisobot-2-shakl, hamda muddati o'tgan debitor-kreditorlik qarzdorlik to'grisida ma'lumotnoma-2a shakl) izohlari bilan, mijozning yuridik maqomidan kelib chiqqan xolda, taqdim qilingan hisobotlarni soliq idorasiga topshirilganligini tasdiqlovchi belgi qo'yilgan bo'lishi kerak
  • So'ralgan kafolatning na'munaviy shakli
  • Oxirgi 3 moliyaviy yil natijalari bo'yicha auditorning ijobiy xulosasi
  • Garov ta'minoti hujjatlari
  • Bank talabi bo'yicha boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play