Jismoniy shaxslar uchun
/
Valyuta ayirboshlash shoxobchalari

Valyutani tez va foyda bilan ayirboshlang

Hamkorbank valyuta ayirboshlash shoxobchalari — valyuta oldi-sotdisi


Cheklovlarsiz

Valyuta xaridi

160 dan ortiq ofislar

Mamlakatning barcha hududlarida

100 AQSh dollarigacha

Hujjatsiz ayirboshlash

Valyuta ayirboshlash haqida nimani bilish kerak?

Xorijiy valyutasini sotib olish

Valyuta ayirboshlash shoxobchasida rezident va norezident jismoniy shaxslardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi

Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 barоbari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan holatlarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YaTTdan qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish bundan mustasno)

Naqd xorijiy valyutani sotish

Valyuta ayriboshlash shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan, ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etmagan holda shaxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan yechib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.

Xorijiy valyutani sotish

Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shaxobchasining 9 002-son shaklidagi ma’lumotnoma yoki terminal (bankomat) cheki yohud Respublika hududida milliy valyuta mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandagina amalga oshiriladi

Valyuta ayirboshlash shoxobchasida bajariladigan amaliyot turlari
  • Jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish;
  • Jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish;
  • Jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlab berish;
  • Jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul mablag‘larini mijozning hohishiga ko‘ra milliy yoki chet el valyutasida yechib berish;
  • Jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassaga qabul qilish;
  • Haqiqiyligi shubha tug‘dirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan ekspertizaga qabul qilish;
  • Jismoniy shaxslarning chet el valyutasini o‘sha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish;
  • Jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotasini shu turdagi shikastlanmagan banknotaga almashtirib berish;
  • Jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish;
  • O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida qonun hujjatlarda belgilangan bojxona to‘lovlarini va yig‘imlarini qabul qilish.
Shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan shu turdagi chet el valyutasiga almashtirib berish

5%

Muomalaga yaroqsiz banknotalarni chet el bankiga jo‘natish uchun inkassaga qabul qilish

3%

Chet el valyutasini maydalash va yiriklashtirish

1%

Haqiqiyligiga shubha tug‘dirgan chet el valyutasini detektorda tekshirib berish

a) Detektor orqali tekshirib berish

har bir banknota uchun 500 so‘m (kamida 5 000 so‘m)

b) Seriya raqamlari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma berish orqali

har bir banknota uchun 1 000 so‘m (kamida 25 000 so‘m)

Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi:
  • Banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga halaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan holatlar bundan mustasno);
  • Banknota enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
  • Yopishtirib qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa, hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
  • Mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan ortiq bo‘lsa, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
  • Banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar bo‘lsa, shu bilan birga ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
  • Mayda dog‘ izi banknotaning oq chetki qismida bo‘lib banknotaning rangli qismiga o‘tmagan, hamda ularning soni 2 tadan oshmagan hollarda bundan mustasno;
Quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
  • Bo‘laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo‘lsa;
  • Dastlabki rangi o‘zgargan yoki rangi o‘chgan bo‘lsa;
  • Yongan yoki kuygan holatda bo‘lsa;
  • Qonuniy to‘lov vositasi ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo‘yoq yoki siyoh to‘kilgan bo‘lsa;
  • Banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri bo‘lsa;
  • Muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o‘zgartirilganda, nominali o‘zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo‘lsa;
  • Banknotlar aniq bosma xatoga ega bo‘lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo‘qligi yoki noto‘g‘ri joylashganligi), tasvirlari to‘liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo‘lsa;
  • Banknota geometrik o‘lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o‘zgargan bo‘lsa;
  • Banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
  • O‘zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo‘qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar;
  • Tegishli xorijiy davlatning emitent banki tomonidan e’lon qilingan sanadan keyin muomiladan chiqarilgan hamda banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar mavjud bo‘lgan banknotalar to‘lovga yaroqsiz deb e’tirof etiladi.

Valyutani eng yaqin bank ofisida ayirboshlang

Valyuta ayirboshlash doim qo‘l ostingizda

  • Valyutani bir zumda ayirboshlang
  • Oyiga 5 000 000 so‘mgacha bepul pul o‘tkazing
  • Visa Classic kartasini bepul rasmiylashtiring
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Mobil bank
Bank xizmatlariga tezkor kirish uchun QR-kodni skanerlash
Valyuta ayirboshlash doim qo‘l ostingizda Valyuta ayirboshlash doim qo‘l ostingizda
Oxirgi yangilanish sanasi: 18.12.2025