Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasi bo'yicha kreditlar

Oxirgi yangilanish sanasi: 01.10.2020 09:52


Loyihaning maqsad-mohiyati

Loyiha 3 (uch) asosiy yo'nalishni qamrab oladi:


  • Qozonxonalarni moderinizatsiya qilish, aralash energiya ishlab chiqarish uskunalardan foydalangan xolda yoqilg'ining boshqa turiga o'tish, energiya tejamkorligiga olib keluvchi xar qanday uskunalarni moliyalashtirish orqali energetika tizimiga investitsiyalar
  • Mavjud uskuna, texnika va inshoatlarni moderinizatsiya qilish va almashtirish orqali qayta ishlash texnologiyalariga qilinadigan investitsiyalar
  • Zararli chiqindilarni ajralib chiqishini inobatga olgan xolda, yoqilg'i chiqindilaridan foydalanishni nazarda tutuvchi ikkilamchi issiqlik manbai va chiqindilardan foydalanishga qaratilgan investitsiyalar

Loyiha hisobidan mavjud yoki yangi tashkil qilingan korxonalarda yangi mahsulot turini ishlab chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyalarni sotib olishni moliyalashtirishga yo'l qo'yilmaydi (korxonada mavjud eski uskunani energiya tejamkorligiga olib keluvchi yangisiga almashtirish xollari bundan mustasno)


Tayyorlanadigan loyihani kredit liniyasi hisobidan moliyalashtirish uchun, ushbu loyiha, rejalashtirilgan investitsiya hisobiga yiliga 20%dan kam bo'lmagan miqdorda energiya samaradorligiga erishilishini aks ettirishi lozim va bu hisob-kitoblar litsenziyali yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanishi lozim

Kreditlash shartlari

  • Kredit valyuta turi Milliy valyuta so'm yoki AQSh dollari
  • Kredit miqdori 10 mln AQSh dollari yoki uning so'mdagi ekvivalentigacha
  • Kredit muddati Loyihaning o'zini - o'zi qoplashidan kelib chikkan xolda, lekin 10 yildan uzoq bo'lmagan muddatga
  • Kredit ajratish shakli Pul o'tkazish yo'li bilan
  • Kredit foiz stavkasi

    Milliy valyutada – 20%

    AQSh dollarida – 8%

  • Bir marotabalik komission to'lov Kredit summasidan 0,25%
  • Jarima foiz stavkasi Har bir kech qolingan kun uchun 0,1%
  • Imtiyozli davr 3 yilgacha
  • Mijozning loyihadagi ulushi Loyiha qiymatining kamida 25% ni tashkil qilishi shart. Qarzdor o'z ulushi sifatida loyihani amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'ziga tegishli ko'chmas mulk, texnika-texnologiya, asosiy vositalar, pul mablag'lari, aylanma mablag'lar ko'rinishida bo'lishi mumkin

Kredit liniya doirasida sanoat korxonalarini tanlab olishning asosiy mezonlari:


  • Kompaniya O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun va qoidalari talablari darajasida tashkil qilingan va faoliyat ko'rsatayotgan bo'lishi lozim
  • Sanoat korxonasi (SK) bankning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak
  • Bank SKning 10 % dan ortiq aktsiyasiga egalik qilmasligi kerak
  • Oxirgi ikki yildagi faoliyati foyda bilan ishlayotgan bo'lishi lozim
  • Faoliyatni samarali amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tashkiliy, moliyaviy, kadrlar, boshqaruv tuzilmasi mavjud bo'lishi kerak
  • O'z va qarz mablag'larining nisbati koeffisienti - 3 dan kam bo'lishi kerak, ya'ni qarzmablag'larining maksimal summasi 75%ni tashkil qilgan hollarda o'z mablag'larining minimum miqdori 25% dan kam bo'lmasligi kerak (kredit olish sanasiga va kredit ajratilganidan so'ng dastlabki 3 yil davomida)
  • kredit oluvchilar yillik energiyaga bulgan talabi miqdorini kamida 20% ga tejalishini ko'rsatib berishlari shart
  • kredit oluvchilar kredit ajratilganidan so'ng kreditning so'ndirilishi davrida sof foyda va qarzga xizmat ko'rsatishning minimal nisbatini (foizlar va soliqlar to'langungacha bo'lgan foyda / foiz ko'rinishidagi harajatlar) ta'minlay oladigan darajada foyda olinishini ta'minlashlari yoki ushbu nisbatni kamida 1,1:1 dan kam bo'lmasligini ta'minlashi lozim
  • Kredit summasining 125% dan kam bo'lmasligi kerak.
  • Garov ta'minoti turlari: ko'char va ko'chmas mulk, depozit mablag'i, bank yoki sug'urta tashkilotlari kafolat xati, uchinchi shaxs kafilligi.
Muhim! Xorijiy valyuta kursining o'zgarishi kreditni so’ndirish bo'yicha to'lov miqdoriga ta'sir qilishi mumkin.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%
%
%

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul


HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.