mc.yandex.ruyandex

Lizing

Oxirgi yangilanish sanasi: 03.08.2022 

Ko’chmas mulk va barcha turdagi uskunalar uchun lizing taqdim etish

Biz sizga lizing mahsulotlarining keng assortimentini (imkoniyatini) taklif etamiz. Ularning yordamida Siz o’zingizga qulay bo’lgan shartlar asosida ko’chmas mulk, dastgohli, poligrafik va savdo asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish liniyalarini, oziq-ovqat va sanoatning boshqa sohalari uchun asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransport sotib olishingiz mumkin.

Lizing shart-sharoitlari

  • Lizingga o'tkazilyotgan asosiy vosita turi Milliy valyutada - Cheklanmagan

    Xorijiy valyutada - Import uskuna
  • Lizing oluvchiga talablar
    Mulkchilik shakli, Tashkilot hajmi
    Yuridik shaxslar
    Cheklanmagan
  • Lizing muddati 13 oydan 8 yilgacha
  • Ta'minot
    (lizing ob'ektining narxiga %da)
    Eng kamida - 30%
  • Yillik foiz stavkasi 28%
  • O’z mablag’ingiz kam bo’lganda katta loyihalarni amalga oshirishingiz mumkin
  • Soliqqa tortilishni optimallashtirishingiz va daromadni ratsional ravishda ishlatishingiz mumkin
  • Mavjud kredit liniyalarni saqlab qolishingiz mumkin
  • Kreditga beriladigan garov muammosidan xalos bo’lishingiz mumkin
  • Moliyalashtirishning uzoq muddatliligi: Lizing taqdim etuvchi lizing oluvchining resurslari va imkoniyatlarini birlashtiradi va unga o’z resurslarini qo’shadi. Bu esa bank kreditiga nisbatan birmuncha uzoqroq vaqtga mo’ljallangan lizing taqdim etishga imkon beradi
  • Soliqlar bo’yicha imtiyozlar: Lizing shartnomasi bo’yicha taqdim etiladigan texnologik asbob-uskunalar bojxona boji, mulk solig’i va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod etiladi
  • Garovning yo’qligi: Mulkni lizing asosida olar ekansiz, Siz garov to’g’risida o’ylamasangiz bo’ladi
  • Yetkazib beruvchilarni tanlash: Biz Sizning mulkingizni sotib olish, xalqaro kreditlash va yetkazib berishning optimal mexanizmlarini ishlab chiqishimiz mumkin
Muhim! Xorijiy valyuta kursining o'zgarishi kreditni so’ndirish bo'yicha to'lov miqdoriga ta'sir qilishi mumkin.

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murajaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:

0-800-1-200-200 O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlar bepul



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play