mc.yandex.ruyandex

Korporativ Ipoteka

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.01.2024


Birlamchi va ikkilamchi bozordagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uylarni sotib olish ishlarini moliyalashtirish uchun.



Kredit shartlari

  • Kredit mahsuloti tavsifi Yuridik shaxs tashkil etgan va etmagan tadbirkorlik sub'yektlarni (YaTT) uy-joy sotib olish uchun kreditlash.

    Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik sub'yektlari murojaat qilgan kunda 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.

    Yuridik shaxslar murojaat qilgan kunda yuridik shaxsning asosiy ulushga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ta’sischilari 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi kerak.

  • Man etilgan moliyalashtirish yo‘nalishlari 1. Uchinchi shaxslar tomonidan kreditdan foydalanish;
    2. Spekulyativ xarakterga ega bo‘lgan faoliyat turlarini moliyalashtirish;
    3. Muammoli kreditlarni so‘ndirish; 
    4. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki bank krediti siyosatiga zid faoliyat turlari uchun.

    Yaqin qarindoshlar o‘rtasida oldi - sotdi shartnomalari bo‘yicha ipoteka kreditlari ajratilishi (ota, ona, aka, uka, opa, singil, bobo, buvi va nabira)
    (Shuningdek, sotib olinayotgan uy-joyning hozirda egalik qilayotgan sotuvchiga avvalgi egasidan egalik huquqi o‘tganligiga (sotuvchiga uy-joyni sotgan, xadya qilgan yoki meros qoldirgan fuqaro) 1 yil to‘lmagan bo‘lsa, eski egasi qarz oluvchi bilan qarindoshlik darajasi o‘rganiladi va yaqin qarindoshligi aniqlansa ipoteka kreditlari ajratilishi taqiqlanadi.)

  • Qarz oluvchilar va ularga qo‘yilgan talab - O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari.
    - Qarz oluvchining kredit tarixi mavjud bo‘lsa, so‘ngi 12 oyda kredit to‘lovlari oydan-oyga kechiktirilmagan bo‘lishi lozim.
  • Kredit valyuta turi Milliy valyutada
  • Kredit summasi Har bir kredit oluvchiga 600 mln so‘mgacha.
  • Kredit muddati va shartlari 120 oygacha
  • Imtiyozli davr 3 oygacha
  • Kredit ajratish shakli Sotuvchi hisobvarag‘iga yoki sotuvchi jismoniy shaxsning omonat hisobvarag‘i yoki shaxsiy plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li orqali
  • Kredit foiz stavkasi Kelishuvga asosan
  • Garov ta’minoti va unga ko‘yilgan talablar Kredit summasiga nisbatan 130% miqdorida ipoteka ob'yekti hamda qo‘shimcha garov sifatida asosiy ulushga ega ta’sischining kredit to‘liq summasiga mutanosib kafillik shartnomasi olish shart hisoblanadi. 
    (Yuridik shaxlar uchun ipoteka ob'yekti ta’minot sifatida 130% ga yetmagan taqdirda qo‘shimcha garov sifatida boshqa mulk qo‘yishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subektlari uchun ipoteka ob'yekti ta’minot sifatida 130% ga yetmagan taqdirda yetmagan qismiga tadbirkor pul ko‘rinishida o‘z ulushi bilan qatnashishi lozim.)
  • Boshlang‘ich to‘lov Birlamchi va ikkilamchi bozordan uy joy sotib olish uchun oldi-sotdi shartnoma qiymatining 25% dan kam bo‘lmagan miqdorda faqat pul ko‘rinishida qabul qilinadi
  • Kredit olish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar Kredit siyosati hamda ichki me’yoriy hujjatlar talablari doirasida quyidagilar:

    - Ariza (qarz oluvchilar kredit olish bo‘yicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin);
    - Kredit oluvchi va sotuvchi o‘rtasida tuzilgan dastlabki oldi sotdi shartnomasi;
    - Joriy kredit qoldigʻi va yangi ipoteka kredit miqdori 1,2 mlrd soʻmdan yuqori kreditlarda moliyaviy hisobot shakli va biznes reja;
    - Loyihani tahlil qilish jarayonidan kelib chiqib boshqa hujjatlar.

Kreditni hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
%

QO'SHIMCHA ХARAJATLAR

So'm
So'm
So'm
So'm

Kreditni rasmiylashtirish

Kredit olish uchun Sizga qulay bo’lgan bank bo’limiga murojaat qiling.
Qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin:




O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play