Hujjatli amaliyotlar Hamkorbankda mavjud bo’lgan hujjatli amaliyotlar mijozlarning tashqi-savdo amaliyotlarida risklarni pasaytirishga, pul oqimini ko’paytirishga hamda bank va tashqi hamkorlar bilan ishonchli aloqalarni rivojlantirishga va mustahkamlashga imkon yaratadi.
Bank o’z tajribasida xalqaro miqyosida tan olingan instrumentlardan foydalanadi va bularning qulayligi va ishonchliligi natijasida mijozlarning eksport-import amaliyotlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy va tijorat risklarini sezilarli darajada kamaytirishga erishadi.

Savdoni moliyalashning ustunliklari


  • Keng miqyosidagi savdo va moliyaviy instrumentlari mavjud;
  • To’lovlilikning so’zsiz kafolatiga birinchi yozma talabda erishishlik;
  • Hamkorlaringiz davrasini sezilarli darajada oshirish;
  • Savdoni moliyalashning narxi odatiy kreditlashdan arzon bo’lishi;
  • Moslashuvchan tarif siyosati;
  • Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda savdo amaliyotlarini qo’shimcha tasdiqlash orqali hamda umum-xalqaro tartib va qoidalarni qo’llagan xolda vujudga kelishi mumkin bo’lgan xalqaro siyosiy, davlat va yuridik risklarni maksimal darajada kamaytirish;
  • Turli xil savdoni moliyalash amaliyotlari boyicha bepul ma’lumotlar va konsultatsiyalar berish.

Hujjatli amaliyotlar borasida bank quydagi mahsulotlar va xizmatlarni taklif etadi:


  • Hujjatli import va eksport akkreditivlarini ochish, avizolash va tasdiqlash, akkreditivlarni yirik xalqaro banklar bilan tasdiqlash;
  • Bank kafolarlari, shu jumladan tender kafolatlari, bajarishlik kafolatlari, to’lovlar kafolatlari, rezerv akkreditivlarini (stand-by) taqdim etish va avizolash hamda dunyoning yirik banklari orqali mijozlarning to’lovlarini kafolatlash.

Bank xalqaro Moliya Korporatsiyasi va Osiyo Taraqqiyot Banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan savdoni moliyalash dasturlarining faol ishtrokchisi xisoblanadi.

Diqqat!

Tajribadan kelib chiqib aytish mumkin, shartnomani imzolashdan oldin mijoz Valyuta amaliyotlari bo'limiga murojaat qilsa hisob kitob qilish shakli va moliyalashtirish tizimi optimal ko'rinishga ega bo'ladi.



HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.