Muddatli

SMART 5.5

  • 13 oy omonat muddati
  • 5.5% yillik foiz stavkasi
  • 500 USD omonat eng kam miqdori

Omonatingiz daromadini hisoblang

* Diqqat, kalkulyator hisob-kitoblarning aniqligini kafolatlamaydi.
  • umumiy omonat miqdori
  • oylik daromad
  • 5.5%yillik foiz stavkasi
OMONAT AXBOROT VARAQASI


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.03.2022


Omonat shartlari:

  • Omonatga qo’shimcha mablag’ kirim qilish mumkin
  • Omonatdan qisman chiqim qilish mumkin emas
  • Omonat foizi har oy mijozning mobil hisobvarag’iga o’tkaziladi
  • Omonat hisobvarag'i muddatidan avval talab qilinsa yillik 1 foiz ustama to'lanadi
  • Omonat muddati tugaganidan so'ng, mablag'lar avtomatik tarzda mijozning mobil hisobvarag'iga o'tkaziladi

Eslatma: uchinchi shaxslar zarur ma'lumotlarni ko'rsatgan holda, omonat hisobvarag'iga mablag’larni kirim qilishlari mumkin, agar omonat shartnomasida boshqa shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa.

Diqqat! Bank omonat shartnomasida belgilangan shartlarni bir tomonlama tartibda o'zgartirishga haqli emas, agarda qonunda boshqa shartlar nazarda tutilmagan bo’lsa.

"Hamkorbank" o'z omonatchilariga bank siri to'liq ta'minlanishini va pul mablag'larining o'z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Shuningdek, Sizning omonatingiz O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprel kungi №360-II sonli "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida"gi Qonuniga asosan tashkil etilgan "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi" tomonidan himoyalangan.

Omonat hisobvarag‘ini ochish

Bepul

Omonat hisobvarag‘iga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni kirim qilish

Bepul

Bosh bank va filial xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari, mukofot pullari, moddiy yordam, pensiya hamda safar harajatlari uchun kelib tushgan mablag‘larni omonatdan naqd pulda chiqim qilish

Bepul

Boshqa hisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablag‘larni naqd pulsiz shaklda boshqa xisobvaraqlarga o‘tkazish

0,5%

Boshqa hisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

1%

Bir filialda plastik kartalardan naqd pulsiz omonatga o‘tkazilgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

0.5%

Boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablag‘larni barcha omonat turlarida kamida 2 (ikki) oy to‘liq saqlangandan so‘ng naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda chiqim qilish

Bepul

Auksion savdolarda ishtirok etish uchun o‘tkazilgan mablag‘larni mijozga qaytarilishi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni naqd pulda chiqim qilish

0,5%

Yangi ochilgan omonat hisobvaraqlari uchun, yozuv satrlari to‘lgan omonat daftarcha o‘rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish

Bepul

Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan omonat daftarcha o‘rniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish

Bepul

Omonatchiga, uning qonuniy vakiliga, merosxo‘rlariga va qonuniy vorislariga omonat hisobvarag‘i to‘g‘risida yozma ma’lumot berish

100 000 so'm

Jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul shakildagi bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish:*

a) 2 000 000 (Ikki million) soʻmgacha

10 000 so'm

b) 2 000 000 (Ikki million) soʻmdan 5 000 000 (besh million) soʻmgacha

0,5%

c) 5 000 000 (besh million) soʻm va undan yuqori

Bepul

Omonat hisobvaraqlariga naqd pulda kirim qilingan mablag‘larni boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazish:

Hamkorbank tizimidagi hisobvaraqlarga o‘tkazish

Bepul

Boshqa banklardagi hisobvaraqlarga o‘tkazish

0,5%

Jismoniy shahslar tomonidan ipoteka va avtokredit oldindan to‘lovi uchun omonat xisobvarag‘iga kirim qilingan mablag‘larni boshqa hisobvarag‘larga o‘tkazish

Bepul


* Soliq to‘lovlari uchun mablag‘lar o‘tkazilganda va kredit to‘lovlari uchun naqd topshirilgan mablag‘larni (“Hamkorbank” ATB tizimida) bir filialdan boshqa filialga o‘tkazilganda - Bepul.

HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.