mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi London fond birjasida obligatsiya joylashtirdi

29 / 05 / 2018

Jaxon Banki tarkibiga kiruvchi Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki, O'zbekistonda mikro va kichik biznesni kreditlashni kengaytirish maqsadida 80 milliard so'mlik, ya'ni – 10 million AQSh dollari ekvivalentidagi o'zining inauguratsion obligatsiyasini chiqardi. Bu xalqaro bozorlarda amalga oshirilgan O'zbekistondagi dastlabki bitimdir.


“Samarqand”, deb nomlangan obligatsiya London fond birjasiga joylashtiriladi. Ikki yillik obligatsiya rivojlanayotgan bozorlar uchun mo'ljallangan aktivlarni boshqarish bo'yicha Yevropa fondlari bilan birga joylashtirildi, mazkur bitim tashkilotchisi sifatida ING Bank ishtirok etdi.


Obligatsiyani realizatsiya qilishdan tushadigan daromadlar O'zbekistonda etakchi banklardan biri bo'lgan «Hamkorbank» ATBni qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi, bu esa bankni milliy valyutada uzoq muddatli moliyalashtirish saloxiyatini oshiradi, natijasida kichik biznes sub'ektlarini xorijiy valyutada qarz olish bilan bog'liq tavakkalchiliklarni oldini olishga imkoniyat beradi.


O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o'rinbosari Timur Ishmetovning ta'kidlashicha «Milliy valyuta so'mdagi inauguratsiya obligatsiyalarini chet el investorlarda qiziqish uyg'otganligidan mamnunmiz. Kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlashimiz O'zbekistonda o'zbek so'midagi investorlar bazasini kengayishiga va xalqaro kapital bozorlarida valyuta profilini oshishiga olib keladi. Ushbu muxum kelishuvni amalga oshirishga katta yordam bergan IFCga o'z minnatdorchiligimni bildiraman».


«Milliy valyuta so'mda denominatsiya qilingan obligatsiyalar bo'yicha kelishuvda IFC bilan hamkorlik qilganimizdan xursandmiz» - deb ta'kidladi «Hamkorbank» ATB Kengash raisi Ikrom Ibragimov. «Bu o'z navbatida mijozlarimizni milliy valyutada kreditlash imkoniyatlarimizni kengaytiradi hamda xorijiy valyuta tavvakalchiliklarini kamaytirishga olib keladi».


IFCning vitse-prezidenti va g'aznachisi Djin-dun Xua ham “Bu IFC tomonidan kafolatlangan holda (Triple AAA) chiqarilgan O'zbekiston tarixidagi birinchi obligatsiyadir, u kapital bozoridagi muhim innovatsiya bo'lib hisoblanadi. Bu «Hamkorbank» ATBning xorijiy valyuta bilan bog'liq tavakkalchiliklarini samarali tarzda hal qilishga ko'maklashadi, natijada bankning kichik va o'rta biznes sektori hamda tadbirkorlarni kreditlash qobiliyatini oshiradi”, - deya ta'kidladi.


IFC – Jaxon banki tarkibiga kiruvchi Jaxon bankining shu'ba korxonasi. Rivojlanayotgan davlatlarning xususiy sektorlarini rivojlantirish bo'yicha eng yirik global institut xisoblanadi. Butun dunyo bo'ylab 2 000 dan ortiq kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.


“Hamkorbank” ATB va IFC o'rtasida o'zaro hamkorlik tarixi 2001 yildan boshlangan. Ta'kidlab o'tish joyizki, ko'p yillik samarali hamkorlik natijasida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi 2010 yildan boshlab Hamkorbank aktsioneri bo'lib kelmoqda. Bank kapitaliga investitsiya va kichik biznesni moliyalashtirish yo'nalishlarida 20.0 mln AQSh dollaridan ortiq bo'lgan kelishuvlar imzolangan. 2011 – 2014 yillar mobaynida IFC tomonidan kredit risklarini boshqarish, ichki nazorat, ichki audit, marketing va operatsion risklarni boshqarish, korporativ boshqaruv yo'nalishlarida, bankda agrokredit maxsulotini joriy qilish va rivojlantirish soxalarida bankga texnik ko'mak ko'rsatilgan. 2015 yilda bank filiallar tarmog'ini samaradorligini oshirish va xodimlarni boshqarish tizimini yaxshilash yo'nalishida texnik ko'mak bo'yicha shartnoma imzolangan va ushbu yo'nalishlarda texnik ko'mak ishlari davom etmoqda.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play