mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATBga Moody's xalqaro agentligi reytinglari berildi

23 / 03 / 2015

Moody's Investors ServiceMoody's Investors Service xalqaro reyting agentligi 2015-yil 20-mart kuni chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining xalqaro reytinglarini tasdiqladi.


Unga koʻra milliy valyutadagi deposit mablagʻlari reytingi “В1” koʻrsatkichi bilan, xorijiy valyutadagi deposit mablagʻlari reytingi “В2” sifatida, bank kreditga qodirligining bazaviy bahosi esa “b1” deb qayd etildi.


Shuni ta’kidlash joizki, barcha reytinglar boʻyicha prognoz “Barqaror” ekanligi tasdiqlangan.


Reytinglarning tasdiqlanishi agentlikning bankda korporativ boshqaruv tizimi va tavakkalchilikni boshqarish tizimi, barqaror mijozlar bazasi va yaxshi daromadlilik borligi to‘g‘risidagi fikrini aks ettiradi. Bunday daromadlilikni hududdagi kichik va oʻrta biznesni kreditlashning tez oʻsayotgan va yuqori daromadli segmentiga, shuningdek, pul oʻtkazmalari bozoridan foydalana olish imkoniyati borligi qoʻllab-quvvatlaydi. Bank daromadlilik, oʻz kapitalining adekvatligi va aktivlarining sifati boʻyicha barqaror moliyaviy koʻrsatkichlarga ega.


Tahlilchilar tomonidan shu narsa alohida e’tirof etildiki, moliyaviy barqarorlik bankning mikromoliyalash sohasida, shuningdek, pul oʻtkazmalari bozorida yetakchilardan ekanligi bilan qoʻllab-quvvatlanadi: Oʻzbekistonda kreditga talab oshib borishi tufayli kredit portfeli 2014-yilda qariyb 86% ga va 2013-yilda 59% ga oshdi. Shuningdek, soʻnggi yillarda kreditlashning tez sur’atlar bilan oʻsib borishiga qaramay,  “Hamkorbank” aktivlari sifati oʻxshash banklardagiga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda. Bank ma’lumotlariga koʻra, 2014-yil 31-dekabr holatiga toʻlov muddati 90 kundan koʻproqqa kechikkan kreditlarning darajasi jami kredit portfelining 1% idan kam miqdorni tashkil etmoqda.


Moody's Investors Service xalqaro reyting agentligi 5 yildan buyon bankni ijobiy xalqaro koʻrsatkichlar bilan baholab kelmoqda.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play