Bir konversion kartadan ikkinchi konversion kartaga mablag'larni o'tkazish
16 / 09 / 2017![]() | “Hamkorbank” ATBdan yangi — konversion kartalararo pul o'tkazmalari xizmatini kutib oling! Endilikda konversion karta egalari o'z hisobidan xorijiy valyutani, hatto qabul qilib oluvchi chet elda bo'lganida ham, kartadan kartaga o'tkazishlari mumkin. Ta'kidlash kerakki, mablag' o'tkazuvchi ham, uni qabul qiluvchi ham “Hamkorbank” ATB konversion kartalariga ega bo'lishlari lozim. Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda xarid qilinadigan xorijiy valyuta miqdori, sarflanadigan joyi va bankomatlarda echiladigan valyuta soni bo'yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. |