mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning yillik xisobot umumiy yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qiladi

14 / 06 / 2018
 

Andijon sh., Bobur shox ko'chasi, 85-uy manzilida joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi " Hamkorbank " aksiyadorlik tijorat banki 2018 yil 23 iyun soat 10:00 da Andijon sh., Bobur shox ko'chasi, 53 manzilda joylashgan "Hamkor" biznes markazi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy xisobot yig'ilishini o'tkazadi.

 Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.

 Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig'ilishi o'tkazilishini ma'lum qilish uchun Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2018 yil 11 iyun.

 Aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo'lgan Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2018 yil 19 iyun.

 

Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 

1. Bank Boshqaruvining 2017 yil Bank faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti 

2. Bank Kengashining 2017 yil faoliyati bo'yicha hisoboti 

3. Bankning 2017 yil faoliyati bo'yicha Bank Taftish komissiyasining xulosasini tinglash

4. Bankning 2017 yil faoliyati yakunlari bo'yicha tashki auditor xulosasini eshitish, Bankning 2017 yil yakuni bo'yicha moliyaviy xisobotlarini tasdiklash 

5. 2017 yil faoliyati yakuni bo'yicha bank foydasini taqsimlash

6. Bank aksiyalariga dividendlar to'lash

7. Bank Ustav kapitalini oshirish

8. E'lon qilingan aksiyalar miqdorini oshirish 

9. Bank Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish 

10. Bank Korporativ boshqaruv kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish 

11. Bank Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish 

12. Bank Kengashi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish 

13. Bank Boshqaruvi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va ko'shimchalar kiritish

14. Bank Taftish komissiyasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish 

15. Bankning rivojlanish strategiyasini tasdiklash 

16. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash 

17. Umidsiz aktivlarni xisobdan chiqarish 

18. Xisoblangan, lekin 3 yildan ortiq muddatda talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasi xisobiga qaytarish 

19. Bank Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash 

20. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash 

21. Bank Kengashining 2018 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash 

22. Bank Taftish komissiyasining 2018 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash 

23. Bank Boshqaruv Raisini saylash

 

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy xisobot yig'ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish xuquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro'yxatdan o'tish vaqtida o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart. 

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo'lishi shart. 

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig'ilishini o'tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin.Telefon nomer (0374) 298-04-33.

 

 

 

"Hamkorbank" ATB Kengashi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play