Faktoring oʻzi nima?
04 / 10 / 2024Yaqinda “O‘n ikki stul” kitobidan “Ertalab pul — kechqurun kursilar” iborasi keltirilgan materialga duch keldik. Unda bunday shartlarni faqat kitob qahramonlari qo‘yishi mumkinligi, o‘z navbatida, bugungi kunda yetkazib beruvchilar ba’zan o‘z tovarlari va xizmatlarini bir necha oyga to‘lovni kechiktirib sotishga majbur bo‘lishari ta’kidlangan. Biroq, bu iboraning davomida “Ertalab pul — kechqurun kursilar. Aksincha bo‘lishi mumkinmi?” degan savol ham bor. Biznesda kassa uzilishlaridan qochish haqida gap ketganda, aynan “aksincha bo‘lishi kerak”. Ba’zan, faktoringdan foydalanish kabi kutilmagan qarorlar hayratlanarli va ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin, bu tadbirkorlarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish va biznesni moliyaviy kechikishlarsiz kengaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, “ertalab pul” iborasi shunchaki orzu emas, balki haqiqatga aylanadi.Mahsulotni yoki xizmatlarni to‘lovni kechiktirish shartlari asosida taqdim etganingizda biznesingiz bank biznesiga o‘xshab qolayotgandek tuyuladi: siz mijozlaringizga kredit ajratasiz. Biroq, banklardan farqli o‘laroq, sizda ortiqcha pul, kredit analitiklari va qarzlarni undirish xizmati yo‘q. Har bir to‘lov kechikishi biznesni aylanma mablag‘siz qoldirish xavfini tug‘diradi. Risklarni kamaytirish va biznesni yangi darajaga olib chiqishda faktoring yordam beradi.
Jarayon ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro xamkorlik qanday amalga oshirilishini batafsil ko‘rib chiqaylik:
- Sotuvchi va xaridor to‘lov muddatini kechiktirish sharti bilan mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuzadilar.
- Sotuvchi moliyalashtirish uchun faktorga (Bankka) murojaat qiladi. Ular shartnoma tuzadilar, unda summalar, to‘lovlar muddatlari, komissiyalar miqdori va hujjatlar aylanishi tartibini kelishib oladilar. Endi xaridorning qarzi faktorga o‘tadi. Sotuvchi uni bu haqda xabardor qilishi va yangi to‘lov rekvizitlarini taqdim etishi kerak.
- Tovar yetkazib berilgandan yoki xizmat ko‘rsatilgandan keyin sotuvchi hisoblar va tasdiqlovchi hujjatlarni faktorg beradi, u esa, o‘z navbatida, unga yetkazib berish summasining 98% ((to‘lovlarning aniq miqdori faktoring shartnomasi shartlariga bog‘liq)) gacha to‘lovni o‘tkazadi.
- To‘lov muddati kelganda sizning mijoz-xaridoringiz sizga to‘lashi kerak bo‘lgan pulni faktor hisobraqamiga o‘tkazadi.
Faktoring mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bir misolni ko‘rib chiqamiz:
“Okean” kompaniyasi baliq va dengiz mahsulotlarini sotib oladi, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarib “Oltin baliq” savdo tarmog‘iga yetkazib beradi. Ushbu savdo tarmog‘i esa tovar sotilgandan keyingina daromad oladi, shu sabab yetkazib berilgan mahsulot uchun 30 kundan keyin haq to‘laydi, "Okean" o‘z pullarini bir oyga kechikib oladi.
Shartnoma tuzildi, tovar yetkazib berildi, lekin “Oltin baliq” dan pul kelguncha “Okean” kompaniyasi ombor va ofis uchun ijara haqi to‘lashi, xodimlarga maosh berishi, ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishi kerak bo‘ladi.
Natijada “Okean” kredit olishga majbur, lekin bu har doim ham ish bermaydi - bank garov yoki kafillik talab qilishi mumkin. Yana bir yechim esa - moliyaviy agent xizmatlaridan foydalanish.
Faktoring kompaniyasi “Okean” ga kelajakdagi tushumning 98% ini birdaniga o‘tkazishni taklif qiladi. Buning evaziga faktor “Okean” kompaniyasiga “Oltin baliq” savdo tarmog‘i to‘lashi kerak bo‘lgan to‘lovni olish huquqiga ega bo‘ladi.
Natijada har uchala tomon ham foydada qoladi. Xaridorlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi - ular o‘zlari istagandek ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovni kechiktirib amalga oshiradilar, faqat endi sotuvchiga emas, balki faktorga. Yetkazib beruvchi pulni muddatidan oldin oladi, Faktor esa yetkazib berish foizidan daromad qiladi.
Operativlik va moslashuvchanlik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bugungi bozor sharoitlarida, faktoring biznes uchun ishonchli hamkor bo‘lib qolmoqda. U yangi istiqbollarni kashf etib, kompaniyalarga to‘lovlar kechikishi haqida qayg‘urmasdan o‘sish va innovatsiyalarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Shuning uchun, gap moliya haqida ketganda, o‘ylab ko‘ring: balki, haqiqatan ham “aksincha” yo‘l tutish va faktorikning taqdim etayotgan imkoniyatlardan foydalangan yaxshidir?