
Ehtiyot bo‘ling: firibgarlar dipfeyklardan foydalanmoqda!
05 / 11 / 2025Hurmatli mijozlar!
So‘nggi paytlarda firibgarlar neyrotarmoqlar yordamida mashhur insonlarning sohta videolarini yaratib, ularning nomidan “arzon foizli kreditlar” taklif qilayotgan holatlar ko‘paymoqda.
Firibgarlar quyidagicha harakat qilishlari mumkin:
- Sizga shaxsiy xabarlar yoki messenjerlar orqali yozish;
- Mashhur insonlarning foto yoki dipfeyk videolaridan foydalanish;
- “Maxsus kredit shartlari”ni taklif qilish;
- Kreditni rasmiylashtirishdan oldin “sug‘urta” yoki “komissiya” to‘lovini so‘rash.
Bu — firibgarlik holatlari!
Hamkorbank hech qachon oldindan sug‘urta yoki komissiya to‘lovini so‘ramaydi va kredit takliflarini shaxsiy xabarlar orqali yubormaydi.
Ma’lumotni faqat bankning rasmiy manbalari orqali tekshiring:
Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Kontakt-markazi: 1256
Agar siz shubhali xabar olgan bo‘lsangiz — pul o‘tkazmang va shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang!
O‘zingizni va mablag`laringizni Hamkorbank bilan himoya qiling.





