mc.yandex.ruyandex

"Global Money Week 2015" Uzbekistan

17 / 03 / 2015

АКБ Andijon shahrining “Hamkor” biznes markazida Chet el kapitali ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank» tomonidan «Yoshlar moliyaviy savodxonligini oshirishda banklarning o'rni» mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda ATB «Hamkorbank» Boshqaruvi a'zolari, viloyat prokuraturasi, viloyat kasb-hunar ta'limi boshqarmasi mas'ul xodimlari, viloyat kollejlarining 100 nafardan ortiq o'quvchilari hamda mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorida kichik tadbirkorlik sub'ektlari, oilaviy biznes, ta'lim muassasalarining o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan bitiruvchilariga bank xizmatlaridan unumli foydalanishni yo'lga qo'yish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan va bu borada yosh tadbirkorlarga barcha sharoitlar yaratib berilgan. Mazkur masala ATB «Hamkorbank» asosiy strategiyalaridan biri hisoblanib, shu kungacha bank tomonidan yuzlab yoshlarga ularning o'z bizneslarini yo'lga qo'yishlari uchun kerditlar ajratildi. Tadbir davomida Global money week (GMW) haftaligi haqida ham batafsil ma'lumot berildi.
Xususan, Global money week – bu ishonchli va ma'suliyatli moliyaviy kelajak uchun kelgusi avlodning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xalqaro tadbirligi hamda mazkur haftalik har yili butun dunyo hamjamiyati yoshlari uchun moliyaviy muhitni o'zgartirish va yosh fuqarolarga ularning o'z kelajaklarini belgilashlarida qo'l kelayotganligi, shuningdek bilim va vositalarni taqdim etish maqsadida kuch-g'ayratlarini birlashtirayotgani alohida ta'kidlandi. GMW har yili mart oyining ikkinchi haftasida (9-17 mart) nishonlanadi. Mazkur tashabbus CYFI (Child & Youth Finance International) kotibiyati tomonidan uyushtirilsa-da, tadbirlarning o'zi butun dunyo bo'ylab maktablar, universitetlar, vazirliklar, markaziy banklar, tijorat banklari, moliyaviy muassasalar, fuqarolik jamiyati a'zolari va faol yoshlar tomonidan tashkillashtiriladi. Aynan ushbu hafta davomida pul, kreditlar, omonatlar, mablag'larni jamg'arish va boshqa mavzularga bag'ishlangan turli-tuman tadbirlar butun dunyo bo'ylab o'tkazilayotganligi ham e'tirof etildi.
Quvonarlisi, Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB ham GMW haftaligining O'zbekiston Respublikasidagi tashkilotchisi va ishtirokchisidir. Darhaqiqat, mazkur haftalik haqida gapirganda, bolalar va yoshlar tejamkorlik va jamg'armalarga bolalik chog'idanoq o'rganishlari juda zarurligini alohida ta'kidlash lozim. Bundan tashqari, ular jamg'arma bank hisobraqamiga ega bo'lishlari va bank tizimi bilan yaqin tanishishlari ham talab etiladi. Chunki moliyaviy savodxonlikka ega bo'lmaslik – jamg'armalar mavjud bo'lmagani holda haddan tashqari xarajatlarga asoslangan himoyalanmagan kelajak sari eltadi, demakdir. Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB ham GMW haftaligining O'zbekiston Respublikasidagi tashkilotchisi va ishtirokchisi ekanligini inobatga olib, mazkur haftalik davomida respublikamizning barcha hududlarida turli tadbir va uchrashuvlar o'tkazmoqda.
Tadbir davomida yoshlarga bank faoliyati va taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlar yuzasidan batafsil ma'lumotlar va taqdimotlar namoyish etilib, o'quvchilarning bu boradagi savollariga javoblar berildi.


















Qo'shimcha ma'lumot:
2013 yil – 80 mamlakatda 1 mln. bolalar va yoshlar, 400 tashkilot qamrab olingan bo'lsa,
2014 yilda – 118 mamlakatda 3 mln. bolalar va yoshlar, 490 tashkilot qamrab olinib, 2 000 dan ortiq tadbirlar o'tkazilgan. Tabiiyki, ushbu raqam joriy yilda yanada oshadi.




Bank Axborot xizmati

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play