mc.yandex.ruyandex

«Hamkorbank» ATB sug’urta tashkilotlari o’rtasida xizmat avtotransport vositalarini sug’urtalash bo’yicha tanlov e’lon qiladi

15 / 02 / 2021

Zaruriy hujjatlar:

  • Sug’urta xizmati tarifi (%);
  • Sug’urta shartnomasi loyihasi;
  • Sug’urta kompaniyasining 2020 yil yakuni bo’yicha moliyaviy hisobotlari (Buxgalteriya balansi -№1- sonli shakl, Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot- №2- sonli shakl va Pul oqimlari to’g’risida hisobot -№4- sonli shakl);
  • Sug’urta kompaniyasining 2020 yil yakuni bo’yicha Sug’urta da’volari to’g’risida ma’lumotlar hisoboti.


Tanlov shartlari:

  • Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
  • Ma`lumot tijorat taklif mazmunida bo`lib, taklif qilinayotgan xizmatlat haqida qisqa izoh berilishi so`raladi;
  • Yuborilgan ma`lumot mavzusi “Avtotransport vositalarini sug’urtalash” deb ko`rsatilishi kerak.

 

Takliflarni jo`natishning oxirgi muddati: 2021 yil 6 mart.

To`lov valyutasi: Milliy valyuta so’m.

Muloqot qiluvchi shaxslar:

Telefon: 0-800-1-200-200   ichki: 1147, 1221, 1265


Sugurta hodisalari:

  • Avtotransport vositalari o’g’irlanishi;
  • Avtotransport vositalari yong’indan yoki portlashishidan zarar ko’rishi;
  • Avtotransport vositalarida yuz berishi mumkin bo’lgan yo’l-transport hodisalari;
  • Avtotransport vositalariga turli jismlarning urilishi oqibatida shikast yetishi(ehtiyot qismlar zarar yetishi, oynalar sinishi);
  • Tabiiy ofatlar(yer qimirlashi, suv toshqini, bo’ron, to’fon, sel, qor ko’chishi va x.o);
  • Uchinchi shaxslar tomonidan har hil ko’rinishidagi shikast yetkazish holatlari;
  • Uchinchi shaxslarning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga zarar yetkazilishi;
  • Haydovchi va yo’lovchilar bilan baxtsiz hodisalar – sug’urtalangan avtotransport vositasi bilan yuz bergan sug’urta oqibatida haydovchining yoki yo’lovchilarning hayotiga yoki sog’lig’iga zarar yetkazilishi;

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play