mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank" ATB aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi yakunlari

06 / 06 / 2015

Andijon shahridagi “Hamkor” biznes markazida Chet-el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda bankning 2014 yilgi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.


“Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi O. To'rajonova va boshqa so'zga chuquvchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning yanada yuksalib, xalqimiz farovonligining oshishiga xizmat qilayotganini alohida ta'kidladilar.


Shuningdek, 2014 yilda bank tashkiliy tuzilishida muxim vokea, ya'ni bank aktsiyadorlari tarkibida o'zgarish sodir bo'ldi. Gollandiya Taraqqiyot Banki ikkinchi xorijiy aktsiyador sifatida kirib, “Hamkorbank” xorijiy kapital ishtirokidagi aktsiyadorlik tijorat banki maqomiga ega bo'ldi.


2014 yilda bank o'z oldiga qo'ygan asosiy maqsad va vazifalarga erishdi. Xususan, aktivlar, kredit portfeli, kapital va foyda ko'rsatgichlarining barqaror o'sishi ta'minladi. Bu bilan “Hamkorbank” O'zbekiston bank tizimida barqaror rivojlanish darajasiga ega bo'lgan o'rtachadan yuqori banklar darajasiga ko'tarildi. Shuningdek, “Moodys Investors Service” xalqaro reyting agentligi tomonidan har yili bankga nisbatan “Barqaror” reytingi bahosini tasdiqlab kelmoqda. 2013 – 2014 yillar mobaynida «BankExpo» ko'rgazmasi yakuni bo'yicha «Hamkorbank ATB «Xorijiy kredit liniyalarini jalb etayotgan eng yaxshi bank» va «Zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank» nominatsiyalarda g'olib deb e'tirof etilganligi ham ta'kidlab o'tildi. Qolaversa, 2014 yilda “Hamkorbank” Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlar Banklar Assotsiyasiyasi a'zosiga aylanganligi ham e'tirof etildi. Shu bilan bir qatorda, 2015 yilning dastlabki 5 oyida ham ushbu yo'nalishda bank bir qator natijalarga erishganligi, xususan Osiyo Taraqqiyot banki tomonidan “Savdoni moliyalashtirsh buyicha O'zbekistondagi etakchi hamkor bank” deb topilganligi va Markaziy va Sharqiy Yevropa Banklar Assotsiyasiyaning a'zosiga aylanganligi alohida ta'kidlandi.


“Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga ko'rsatilayotgan bank xizmati turlarini yanada ko'paytirish va sifatini yaxshilash borasidagi ishlar ko'lamini kengaytirishga doir vazifalar belgilab olindi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play