«Hamkorbank» kredit olish uchun onlayn-arizalarni qabul qiladi

«Hamkorbank» kredit olish uchun onlayn-arizalarni qabul qiladi

01 / 04 / 2014

Endi bankdan kredit olish uchun arizani rasmiylashtirish ishlarini ishxona yoki uydan chiqmasdan hech bir muammosiz bajarish mumkin. 


«Hamkorbank»da onlayn-ariza qabul qilish uchun yangi servis ishga tushdi.

 

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit olish imkoniyati yuzasidan birlamchi qarorni olish uchun bank bo’limlariga kelish shart emas. Buning uchun www.hamkorbank.uz saytiga kirib, kredit olish uchun arizani to’ldirish kifoya. On-line usulida to’ldirilgan anketa bank mutaxassislari tomonidan ko’rib chiqiladi va kredit berish bo’yicha qaror maksmimal tezlik bilan qabul qilinadi. 

 

Ayni paytda dolzarb bo’lgan ushbu servisni joriy etish bilan «Hamkorbank» o’z mijozlariga yangi xizmat ko’rsatish sifatini taqdim etadi. Zero, on-line tartibda kreditga ariza berish kredit olish jarayonini sezilarli darajada tezlatishi barobarida uni mizoj uchun yanada qulay bo’lishini ta’minlaydi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play