mc.yandex.ruyandex

Hamkorlik istiqbollari

15 / 10 / 2014

Andijon shahrining "Hamkor" biznes markazida Ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Hamkorbank" tomonidan Matbuot anjumani o'tkazildi. Matbuot anjumanida Hamkorbank boshqaruvi a'zolari, mas'ullari, bank mijozlari hamda mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. Tadbirda Ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Xamkorbank" hamda Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o'rtasida o'zaro Hamkorlikni rivojlantirish borasida imzolangan shartnomalarning istiqboldagi mohiyati muhokama etildi.


Ta'kidlanganidek, Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) tomonidan Hamkorbank kapitaliga investisiya kiritilishi Hamkorbank institusional rivojlanishiga katta hissa qo'shishi bilan birga O'zbekistondagi kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.


Ochiq aksiyadorlik tijorat bank "Hamkorbank" ning Gollandiya banki bilan hamkorligi 2010 yildan yo'lga qo'yildi. Muzokaralar asnosida 2012 yilning dekabr oyida Gollandiya taraqqiyot banki bilan Hamkorbank o'rtasida 9,0 mln. AQSh dollariga teng bo'lgan kredit shartnomasi imzolangan. Joriy yilning mart oyida esa Gollandiya taraqqiyot banki tomonidan yana qo'shimcha 4,0 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratish bo'yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolangan edi.
2014 yilning may xolatiga, mazkur moliyaviy ko'mak asosida Hamkorbank tomonidan 21 ta loyiha moliyalashtirildi. Ushbu loyihalar asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalariga yo'naltirilganligi bilan e'tiborlidir.


Mazkur hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Gollandiya Taraqqiyot banki mamlakatimizda rivojlanayotgan banklar qatoridagi "Hamkorbank" aksiyadorlari tarkibiga kirish istagini bildirdi.


Yana bir ma'lumot, 2010 yilda Jaxon banki guruhi tarkibidagi Xalqaro Moliya Korporasiyasi (IFC) "Hamkorbank" aksiyadorlari safidan joy olib, bankning 15 foizli aksiyasiga ega bo'lgan. Xalqaro Moliya Korporasiyasi O'zbekistonda kichik korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda bankka ko'maklashadi. Xamkorlik boshlangan davrdan boshlab, 2013 yilgacha ushbu korporasiya bilan Hamkorbank o'rtasida 13,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit shartnomalari imzolangan. Mazkur kreditlar mamlakatimizda kichik biznesni rvijolantirish orqali minglab yangi ish o'rinlarini tashkil etishga imkon yaratadi.


Ayni damda imzolangan shartnomalar esa Gollandiya Taraqqiyot banki kelajakda nafaqat hamkor, balki aksiyador sifatida ham bank rivojiga alohida xizmat qilishini xuquqiy kafolatlaydi. Xususan, Gollandiya Taraqqiyot banki tomonidan ko'rsatilgan texnik yordam "Hamkorbank"ning resurs bazasini kengaytirish bilan birga halqaro tajribalarni joriy qilishda ham yaqindan yordam beradi. Ushbu xorijiy investorning "Hamkorbank" ustav kapitalidagi ishtiroki, bankning Xorijiy kapital ishtirokidagi bank maqomiga ega bo'lishini ta'minlaydi. Huquqiy asoslarga murojaat qiladigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiliga muvofiq tijorat banklar ustav kapitalida xorijiy kapital ishtiroki 30 foiz va undan ortiq bo'lgandagina ushbu maqomga ega bo'la oladi.


Tadirda ta'kidlanganidek, Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jozibador investision muhit shakllantirilib, qonunchilik bilan chet el investorlari manfaatlarini himoya qiluvchi bir qator keng imtiyozlar tizimi, jumladan kafolat va preferensiyalar yaratildi.
O'zbekiston Respublikasining "Chet el investorlarining huquqlarini kafolatlash va himoya qilish choralari to'g'risida"gi, "Chet el investisiyalari to'g'risida" gi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar uchun qo'shimcha imtiyoz va rag'batlantirish berish to'g'risida" gi, "Chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini eksport qilishni rag'batlantirish qo'shimcha choralari to'g'risida" gi Farmonlari kabi huquqiy xujjatlar mamlakatimizda jozibador investision muhitni yaratishga asos bo'lmoqda.
O'zbekiston Respublikasining "Chet el investorlarining huquqlarini kafolatlash va himoya qilish choralari to'g'risida" gi qonuni so'nggi o'n yil ichida chet el investorlarini investisiya kiritilgandan so'ng qonunchilikda boshqa shartlar ko'llanilgan taqdirda xam himoyasini ta'minlamoqda.
Natijada, Respublikamizda 4,2 ming chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalar tashkil etilib, iqtisodiyot sohalari va yetuk tarmoqlarda o'z faoliyatlarini olib bormoqdalar. Xar yili 3,0 mlrd. AQSh dollaridan ziyod chet el investisiyalari o'zlashtirilmoqda. To'g'ridan to'g'ri investisiyalar esa mamlakat iqtisodiyotiga jami investisiya xajmining ulushi 26,6 foizga to'g'ri kelmoqda. Bu chet el investorlarining iqtisodiyotimizga qiziqish va ishonchini oshayotganidan dalolatdir.
Bularning hammasi 10 yildan ortiq vaqt davomida Bankning xalqaro Moliya institulari bilan yaqin hamkorligini ta'minladi. Ular qatorida Jaxon Tiklanish va Taraqqiyot banki (Jaxon banki guruhi), Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (Jaxon banki guruhi), Gollandiya Taraqqiyot banki, Xalqaro Taraqqiyot Assotsiatsiyasi (Jaxon banki guruhi), Osiyo Taraqqiyot banki, Xususiy Sektorni Rivojlantirish Islom Korporatsiyasi va boshqalar joy olgan.


Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi mamlakatimizda kichik biznes sub'ektlarini moliyaviy qo'llab quvvatlash orqali yuzlab yangi ish o'rinlarni yaratishdan iboratdir.


Anjumanda e'tirof etilganidek, endilikda Hamkorbank yangi maqom, xususan Xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki "Hamkorbank" nomi bilan o'z faoliyatini davom ettiradi.


Tadbir so'ngida, bunday matbuot anjumanlari Toshkent shahri va huddularda ham o'tkazilishi ta'kidlanib, mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari vakillarining barcha savollariga javoblar berildi.




Bank Axborot xizmati





O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play