Rasmiy munosabat

01 / 03 / 2023

2023 yil 28 fevral kuni Telegram kanallarning birida e`lon qilingan “Bank mashina xaridi uchun kerakli pulni haligacha oʻtkazib bermayapti…” mazmunidagi xabarga rasmiy munosabat. 

Ushbu holat “Hamkorbank” ATB Buxoro Mintaqaviy bank xizmatlari ofisi mijozi bilan bog‘liq bo‘lib, mijoz 14.11.2022 yil kuni Xitoy Xalq Respublikasidan “FAW VAN TRUCK 2022” rusumli yuk mashinasini sotib olish maqsadida, xarid uchun toʻlovni amalga oshirgan. Ushbu jarayonda “Hamkorbank”ning xorijiy korrespondent banki orqali qabul qilinadigan bank filialiga tegishli tarzda pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan. Lekin qabul qilib oluvchi bank filialing komplayens xizmati kelib tushgan pul mablagʻlarini qoʻshimcha tekshirish maqsadida, yuk mashina sotuvchisiga oʻtkazib bermagan (AQSH hukumati tomonidan turli sanksiyalar qoʻllanilgan davlatlarga aloqasi bor yoki yoʻqligi tekshirish nazarda tutilmoqda). Ushbu vaqt oralig‘ida “Hamkorbank” ATB tomonidan xorijiy korrespondent bank yordamida toʻlov holatini aniqlashtirish boʻyicha qabul qilib oluvchi bank filialiga qoʻshimcha soʻrovlar yuborilgan. Qabul qilib oluvchi bank filialining oxirgi xabarida pul mablagʻlari tez kunda korrespondent bankka qaytib yuborilishi aytib oʻtilgan. Pul mablagʻlari qabul qilib oluvchi bank filiali tomonidan qaytarilganidan soʻng, mablagʻlar mijoz hisob-raqamiga oʻtkazib beriladi.

Ushbu vaziyat geosiyosiy holatdan kelib chiqqanligi hamda bunga o‘xshash toʻlovlar soni koʻpligi sababli, mablagʻlarning qaytib kelish vaqti choʻzilayotgani bank mijoziga batafsil tushuntirib oʻtilgan va rasmiy xat yuborilgan.


HAMKOR MOBILEO'z mablag'ingiz ustida
nazorat qulayligi

HAMKOR MOBILEBir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni
boshqarish

HAMKOR MOBILEOmonatlarni onlayn tarzda
rasmiylashtirish

HAMKOR MOBILETo’lovlarni uyingizdan
chiqmasdan amalga oshiring.