mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

14 / 02 / 2023

2023 yil 13 fevral kuni OʻzA axborot agentligi tomonidan “Hamkorbank mijozlar plastik kartalaridan pullarni oʻmarmoqdami” xabariga rasmiy munosabat.

Agentlikning axborotiga aloqador holat 2022 yil 8 aprel kuni bankning Yuksalish universal bank xizmatlari ofisida kuzatilgan. Fuqaro A.D. UBXOda joylashgan infokiosk yordamida qarindoshining nomiga rasmiylashtirilgan kredit uchun oylik kredit toʻlovni amalga oshirgan. Oʻsha kuni infokioska faoliyatida texnik nosozlik kuzatilgan. Natijada fuqaro A.D. infokioskada 3-marta kredit toʻlovini amalga oshirgan va infokioska mos ravishda plastik kartasidan 3-marta 650 000 soʻmdan, jami 1 950 000 soʻm pul mablagʻlarini kredit soʻndirish uchun yechib olgan. Fuqaro shu kunning oʻzida oshiqcha yechib olingan pul mablagʻlarini qayta plastik kartaga tashlab berilishi boʻyicha UBXOga murojaat qilgan. Murojaatga javoban ortiqcha yechib olingan pul mablagʻlari fuqaroning plastik kartasiga qaytarish amaliyoti 3 bank ish kuni ichida amalga oshirilishi aytib oʻtilgan. Lekin fuqaro A.D. pul mablagʻlari oʻsha kunning oʻzida qaytarilishi talab qilgan va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining Namangan xududiy birlashmasi ishonch telefoniga murojaat qilgan. Bank tomonidan ortiqcha yechib olingan pul mablagʻlari tartibga asosan fuqaro A.D. plastik kartasiga qaytarib tushirilgan. 14.04.2022 yil kuni Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining Namangan xududiy birlashmasi tomonidan fuqaro A.D. murojaati ijobiy xal etilganligi yuzasidan javob xati fuqaro A.D.ga yuborilgan.

Lekin, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2022 yil 8 aprel kungi fuqaro A.D. murojaatiga aloqador masala hal etganligini koʻrsatilgan axborot 2023 yil 13 fevral kuni jamiyatning rasmiy veb-saytida joylashtirgan. Ushbu axborotni OʻzA axborot agentligi ham oʻz veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chiqargan. Texnik nosozlik tufayli 08.04.2022 yil kuni sodir boʻlgan holat usha vaqtda bartaraf etilganiga qaramasdan oradan 10 oy oʻtib 13.02.2023 yil kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va OʻzA axborot agentligi rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan.

Bankning Yuksalish universal bank xizmatlari ofisi masʼul xodimlari fuqaro A.D. bilan 2022 yil 8 apreldagi holat yuzasidan bogʻlanishdi.   Fuqaro A.D. ning 10 oy oldingi holat yuzasidan bankka nisbatan hech qanday eʼtirozi mavjud emasligi aniqlandi.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play