Rasmiy munosabat
16 / 09 / 20202020 yil 15 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarning ayrim manbalarida “Hamkorbank” ATBning Sirdaryo viloyatida joylashgan bo‘limlari xodimlari paxta yig‘im-terimiga jalb qilinayotganligi yoki o‘z o‘rniga odam yollashga majburlanayotganligi to‘g‘risida ma’lumot tarqalgan. Ushbu xabarlar asossiz bo‘lib, “Hamkorbank” ATBning hech qaysi bo‘linmalari xodimlari paxta yig‘im-terimiga majburan jalb qilinmagan yoki o‘rniga odam yollashga majburlanmaganligini ma’lum qilamiz.