mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

27 / 11 / 20202020 yil 5 noyabr kuni “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” ko‘rsatuvi doirasida “Samarqandda “Avtobuslar qabristoni” paydo bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida lavxa efirga uzatilishi bo‘yicha rasmiy munosabat.

“Zo‘r TV” telekanalini “Bu kun” ko‘rsatuvi muhbiri efir ortidagi so‘zlarida xech qanday asos va dalillarsiz “banklar tuzilgan shartnoma shartlariga rioya qilishmayapti” jumlasini  ishlatilgandan so‘ng “Aziz Visola” MChJ vakilidan intervyu olingan. “Aziz Visola” MChJ vakili intervyusidan so‘ng mavzuni keskin Hamkorbank tomonga burilishini kuzatish mumkin. Ushbu kadrlardan so‘ng teletomoshabinda Hamkorbank tomonidan “Aziz Visola” MChJga nisbatan shartnoma shartlari bajarilmayotgani kabi tushuncha hosil bo‘lmoqda. “Aziz Visola” MChJ boshqa bank mijozi bo‘lib, “Hamkorbank” ATB Samarqand filiali mijozi emasligini ma’lum qilamiz.

Undan so‘ng, muxbir xech qanday asos va dalillarsiz “6 oylik ta’til davomida tadbirkorlar hisob raqamlaridagi pul mablag‘lariga teginmaslik ta’kidlangan edi” jumlasini ishlatgan va “Sher” MChJ xisob raqamidan Hamkorbank tomonidan 20 mln so‘m yechib olinganligi aytib o‘tgan. “Sher” MChJ xaqiqatdan ham “Hamkorbank” ATB Samarqand filiali mijozi bo‘lib, faoliyat turi transport xizmati ko‘rsatish. Mijozga 2018 yil iyul oyida 600 mln so‘m kredit ajratilgan. 2020 yil mart oyida pandemiya tufayli e’lon qilingan karantindan so‘ng “Sher” MChJ kredit ta’tili yoki boshqa turdagi imtiyoz bo‘yicha “Hamkorbank” ATB Samarqand filialiga murojaat qilmagan. Vaholanki, bank hodimlari bir necha marotada MChJ rahbariga imtiyoz taqdim etish bo‘yicha taklif berishgan hamda ariza namunalarini taqdim etishgan. Lekin “Sher” MChJ bank filialiga yoki bankning veb-saytida karantin vaqtida yo‘lga qo‘yilgan imtiyoz olish uchun onlayn ariza yuborish moduli orqali murojaat qoldirmagan. Shu sababdan MChJga ajratilgan kredit bo‘yicha to‘lovlar xech qanday imtiyozlarsiz, dastlab imzolangan shartnoma va to‘lov grafigi asosida hisoblangan. Lekin karantin davrida o‘z vaqtida to‘lanmagan kredit tani va foizi uchun jarima xisoblanmagan. MChJ xisob raqamidan 20 mln so‘m pul mablag‘lari oktyabr oyida muddati o‘tgan kredit foizlari uchun shartnoma shartlariga asosan yechib olingan.

Lavxa davomida “A. Xaydarov Markaziy bank Samarqand bo‘limi raisi o‘rinbosari” (to‘g‘ri yozilishi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari” bo‘ladi) titrlar ostida intervyu olingan. Lekin intervyu bergan shaxs “Hamkorbank” ATB Samarqand filiali hodimi F. Voxidov bo‘lgan. Muxbirning ushbu hatosidan so‘ng ushbu masala bo‘yicha Hamkorbank xech qanday munosabat bildirmagan bo‘lib chiqmoqda. Intervyu davomida Hamkorbank hodimi mijoz masalasi bo‘yicha to‘liq ma’lumot bergan.

 Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, “Zo‘r TV” muxbiri “Hamkorbank” ATB mijozi bo‘lmagan “Aziz Visola” MChJning kredit bilan bog‘liq muammolarini ko‘rsatishda “Aziz Visola” MChJga xizmat ko‘rsatuvchi bank lavxada ko‘rsatilmasligi, “Sher” MChJ va “Hamkorbank” ATB Samarqand filiali o‘rtasidagi munosabatni yuzaki va bir tomonlama o‘rganishi hamda lavxa tayyorlashda yo‘l qo‘ygan qo‘pol hatoliklari sababli kanal tomoshabinlarini anglashmovchilikka olib kilgan. Ushbu jurnalistika kasb etika qoidalari qo‘pol buzilgan va professionallik darajasi past bo‘lgan lavxani efirga berilishini “Zur TV” ishchanlik obro‘sining kamsitilganligi deb hisoblaymiz.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play