mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank" ATB yangi bank xizmatini joriy qildi.

05 / 11 / 2014

"Hamkorbank" ATB yuridik va jismoniy shaxslarga yangi bank xizmat turi - individual depozit yacheykalarini taqdim etadi. Individual depozit yacheykalarida ishga doir hujjatlarni, qimmatli qog'ozlarni, pul mablag'larini, zargarlik buyumlarini, san'at asarlarini va noyob buyumlarni, axborot tashuvchi elektron manbalarni va shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq keladigan boshqa qimmatliklarni saqlash mumkin.
Dunyo bo'ylab millionlab ishbilarmon odamlar o'zlarini qimmatli bo'lgan buyumlarini banklardagi induvidual seyflarda saqlab kelishadi. Mehnat ta'tiliga chiqqan, xizmat safariga ketayotgan yoki shunchaki xonadoningizda mavjud bo'lgan qimmatliklarning saqlanishidan xavotir olgan hollarda Siz bankimizdagi individual depozit yacheykalardan foydalanishingiz mumkin.


Bankning individual depozit yacheykalari (seyflari) saqlanadigan ombor yacheyka ichida saqlanayotgan narsalarning to'laligicha daxlsizligini ta'minlovchi, dunyo talab va standartlariga to'lagicha javob beradigan zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bank seyflarini ijaraga olinganligi to'g'risidagi ma'lumotlar boshqa mijozlar va boshqa shaxslardan sir tutilishini ta'minlaydi hamda qimmatlikni seyfga joylashtirishda joylashtirilayotgan buyumlarning ro'yxati tuzilmaydi. Mijoz o'zi mustaqil tarzda qimmatliklar bilan ishlarni amalga oshiradi.


"Hamkorbank" ATB individual depozit yacheykalari - qulay, ishonchli hamda maxfiylik garovidir.


 

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play