Joriy yilning 25 avgust kuni “Hamkorbank” ATB ning eng yosh “Mirobod” filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mirobod filiali bilan yaqindan tanishish uchun OAV va Mirobod tumani hokimiyati vakillari, blogerlar va tadbirkorlar taklif etildi.
Ochilish marosimi «Hamkorbank» ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Muxtorov ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va mahsulotlar taqdimoti o‘tkazildi.
Mehmonlarga yangi filialda yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi yangi texnologik yechimlar namoyish etildi.Tadbir ishtirokchilari bank vakillari bilan suhbatlashib, «Mirobod» filiali faoliyatiga oid savollarini berdi. Muloqot davomida filialning qulay joylashuvi, «Hamkorbank» mahsulotlarining jozibadorligi va jamoaning professionalligi qayd etildi.
Tadbirkorlik sub'yektlari va aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida keng miqyosda zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish hamda ularga hududiy jihatdan yaqinlashish «Hamkorbank» aktsiyadorlik tijorat bankining asosiy maqsadlaridan biridir. 31 yil bank - moliya bozorida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Hamkorbank» Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan 47 ta filial va 104 ta bank xizmatlari ofislariga ega.
“Hamkorbank” ATB “Mirobod” filialiga marhamat! “Mirobod” filiali manzili:Toshkent shahri, Mirobod tumani, Eski-Sariko‘l ko‘chasi, 101/1-uy.
Aloqa markazi: 1256