mc.yandex.ruyandex

Omonatlar-maqola.jpgGeosiyosiy o‘zgarishlar, iqtisodiy beqarorlik va moliyaviy turbulentliklar qurshovidagi zamonaviy dunyoda jamg‘arilgan pullar qiymatini saqlab qolish har doimgidan ham muhim bo‘lib qolmoqda. Valyuta kurslari soniyalarda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan va davlatlar iqtisodiyoti turli omillarga bog‘liq bunday vaziyatda hatto eng kichik mablag‘larni ham ishonchli joylarda, aniqroq aytganda banklarda saqlash kerak.

Bugungi kunda istalgan mavzu bo‘yicha insonlarning fikri va xabardorlik darajasini bilishni istasangiz sizni qizqitirgan biror savolni smartfon yoki desktop brauzerdagi maʼlumot izlash maydonchasi (поисковик) ga kiriting va fikrlar xilma-hilligidan bahramand bo‘ling! Misol uchun:

-         “Pulni qanday va qayerda saqlagan maʼqul”, “pul “aynib” qolmasligi uchun uni qanday saqlash zarur”, “pulni uyda qaysi idishda saqlagan yaxshiroq”, “qog‘oz pullarni to‘g‘ri saqlash usullari”.

Internet tarmog‘ida javobi izlangan ushbu savollarni o‘qish naqadar “zavqli” bo‘lsa, ularga berilgan baʼzi bir javoblar esa o‘quvchini hayratlantiradi. Misol uchun:

-         “Pulni eski qutilarda saqlamasligingiz kerak, ayniqsa, uni qog‘ozga yoki gazetaga o‘rash juda katta xato. Pulni saqlashning bu singari sodda usuli pul energiyasi oqimini kamaytirib, vaqt o‘tishi bilan moliyaviy muammolar hajmi ortishiga olib keladi. Pullarni saqlash uchun sopol yoki chinni vazadan foydalanishingiz mumkin.”

Hayriyatki, pulni to‘g‘ri saqlash haqidagi savolga berilgan boshqa javoblar qatʼiy argument va faktlar bilan asoslangan bo‘lib, aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari ham huddi insonlar kabi faqat ishlasagina daromad keltirishini, “yostiq ostidagi” naqd pul vositalari ishsiz odamdek gap ekanligi tushuntirilgan. Jumladan;

-         Bank omonat turlari mablag‘ingizni inflyatsiyadan himoya qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, pullaringiz xavfsiz, istalgan payt “qo‘lingiz yetadigan” joyda saqlanadi. Siz bo‘sh pul mablag‘laringizni ehtiyotkorlik bilan yostiq ostiga taxlashingiz yoki foydali shartlar evaziga bankka joylashtirishingiz mumkin. Omonatdan olingan foizlar qayta investitsiya qilinishi mumkin. Omonat summasiga qo‘shilgan foizlar egasiga yana-da ko‘proq daromad keltiradi.

Banklarda omonat ochishda nimalarga eʼtibor qaratish kerakligi haqida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi. Jumladan, bankda omonat ochar ekanmiz, har birimiz, undan maksimal foyda olishni xohlaymiz. Va eng maqbul shartlarga ega bo‘lish uchun qaysi omonat turini tanlayotganingizni aniq tushunishingiz kerak. Omonat turlari bir necha xil bo‘ladi. Muddatli omonatlar bo‘yicha shartnomalar maʼlum muddatga tuziladi, u tugagandan so‘ng yangi omonat ochish lozim. Talab qilib olinguncha depozitlar sizga istalgan paytda pullarni cheklovsiz qaytarib olish imkonini beradi. Valyuta omonatlari pullarni xorijiy valyutada, so‘m omonatlari esa milliy valyutada saqlashni ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, omonat shartlariga eʼtibor bering. Omonatning eng kam miqdori, mablag‘larni saqlash muddati, to‘ldirish yoki qaytarib olish imkoniyati haqida bilib olish muhim. Ayrim omonat turlarini ular amal qilgan muddat davomida to‘ldirib borish mumkin, boshqalarida esa mumkin emas, pulni qaytarib olishda ham xuddi shunday. Bank, shuningdek, to‘ldirish uchun minimal summa belgilashi yoki mablag‘larni olishga doir cheklovlar kiritishi mumkin.

Shu o‘rinda uyda pul saqlashning salbiy tomoni yo‘qku degan mulohazaga kelish mumkin. To‘g‘ri, agar sizda istalgan vaqtda pul kerak bo‘lib qoladigan vaziyat yuzaga kelgan bo‘lsa bu usul eng qulaydir. Ammo, agar siz yaqin kelajakda yirik xaridlarni amalga oshirmoqchi, pul aralashuvi zarur bo‘ladigan boshqa jiddiy rejani yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lmasangiz va qo‘lingizdagi bo‘sh pul mablag‘lariga ehtiyoj yo‘q bo‘lsa, jamg‘armalaringizni foizlar asosida saqlash foydaliroq. Shunda mablag‘laringiz, hech bo‘lmaganda, sotib olish qobiliyatini yo‘qotmaydi va maksimal daromad keltiradi.

 





O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play