Step oddiy
- 6 oy omonat muddati
- 2% yillik foiz stavkasi
- 1 EUR omonat eng kam miqdori
Omonat shartlari:
- Omonatga qo’shimcha mablag’ kirim qilish va qisman chiqim qilish mumkin
- Omonat foizi, omonat hisobvarag’i yopilganidan so’ng to’lanadi.
- Omonat xisobvaragʻi 1 oydan avval yopilsa foiz toʻlanmaydi.
- Omonat xisobvaragʻi 1 oydan soʻng yopilsa yillik 2 foiz ustama toʻlanadi.
- Agar omonat muddati tugaganidan so'ng mijoz omonat mablag’larini talab qilmagan holda shartnoma muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi va mablag'lar qoldig'iga yillik 0.1% miqdorida ustama to'lanadi.
Eslatma: uchinchi shaxslar zarur ma'lumotlarni ko'rsatgan holda, omonat hisobvarag'iga mablag’larni kirim qilishlari mumkin, agar omonat shartnomasida boshqa shartlar ko'zda tutilmagan bo'lsa.
"Hamkorbank" o'z omonatchilariga bank siri to'liq ta'minlanishini va pul mablag'larining o'z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydi. Shuningdek, Sizning omonatingiz O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprel kungi №360-II sonli "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to'g'risida"gi Qonuniga asosan tashkil etilgan "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi" tomonidan himoyalangan.
| Omonat hisobvaragʻini ochish | Bepul |
| Omonat hisobvaragʻiga boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablagʻlarni kirim qilish | Bepul |
| Bosh bank va filial xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari, mukofot pullari, moddiy yordam, pensiya hamda safar xarajatlari uchun kelib tushgan mablagʻlarni omonatdan naqd pulda chiqim qilish | Bepul |
| Boshqa hisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablagʻlarni naqd pulsiz chiqim qilish: | |
a) | Omonatchining nomidagi Hamkorbank plastik kartaga oʻtkazish | Bepul |
b) | Naqd pulsiz shaklda boshqa hisobvaraqlarga oʻtkazish | 0,5 % |
| Boshqa hisobvaraqlardan naqd pulsiz shaklda kelib tushgan mablagʻlarni naqd pulda chiqim qilish |
1 % |
| Bir filialida plastik kartalardan naqd pulsiz omonatga oʻtkazilgan mablagʻlarni naqd pulda chiqim qilish | 0,5 % |
| Boshqa hisobvaraqlardan kelib tushgan mablagʻlarni barcha omonat turlarida kamida 2 (ikki) oy toʻliq saqlangandan soʻng naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda chiqim qilish | Bepul |
| Auksion savdolarda ishtirok etish uchun oʻtkazilgan mablagʻlarni mijozga qaytarilishi boʻyicha kelib tushgan mablagʻlarni naqd pulda chiqim qilish | 0,5 % |
| Yangi ochilgan omonat hisobvaraqlari uchun yozuv satrlari toʻlgan omonat daftarcha oʻrniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish | Bepul |
| Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan omonat daftarcha oʻrniga yangi omonat daftarcha rasmiylashtirish | Bepul |
| Omonatchiga, uning qonuniy vakiliga, merosxoʻrlariga va qonuniy vorislariga omonat hisobvaragʻi toʻgʻrisida yozma maʼlumot berish | 100 000 soʻm |
| Jismoniy shaxslardan qabul qilingan naqd pul shaklidagi bir martalik toʻlovlarni amalga oshirish* | |
a) | 300 000 (uch yuz ming) soʻmgacha | 5 % |
b) | 300 001 (uch yuz ming bir) soʻmdan 500 000 (besh yuz ming) soʻmgacha | 3 % |
v) | 500 001 (besh yuz ming bir) soʻmdan 2 000 000 (ikki million) soʻmgacha | 1 % |
g) | 2 000 001 (ikki million bir) soʻmdan 5 000 000 (besh million) soʻmgacha | 0,5 % |
d) | 5 000 000 (besh million) soʻm va undan yuqori | 0,2 % |
e) | Benefitsiari byudjet va korporativ buyurtmachilar boʻlgan tashkilotlarga oʻtkazilganda**** | Bepul |
| Omonat hisobvaraqlariga naqd pulda kirim qilingan mablagʻlarni boshqa hisobvaraqlarga oʻtkazish: | |
a) | Hamkorbank tizimidagi hisobvaraqlarga oʻtkazish | Bepul |
b) | Boshqa banklardagi hisobvaraqlarga oʻtkazish | 0,5 % |
| Jismoniy shahslar tomonidan ipoteka va avtokredit oldindan toʻlovi uchun omonat hisobvaragʻiga kirim qilingan mablagʻlarni boshqa hisobvaragʻlarga oʻtkazish | Bepul |